41

Hindistonlik bolakayning 526 ta ortiqcha tishi olindi

Dunyo 05.08.2019, 10:42
1150
Hindistonlik bolakayning 526 ta ortiqcha  tishi olindi

Hindistonning Chennai shahrida shifokorlar 7 yoshli bolakayning 526 ta ortiqcha tishini olib tashladi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, bolaning pastki jag` qismida uch yoshidan boshlab, shishish kuzatilgan. Tekshiruvlardan so`ng bolaning og`zida mayda rudimentar tishlar bo`lgan o`simta mavjudligi aniqlangan. Bu kamdan-kam hollarda uchraydigan odontoma kasalligidir. Shifokorlar jarrohlik yo`li bilan bolakayning pastki jag` qismining o`ng tomonidagi o`simtani butunlay olib tashlashga muvaffaq bo`lishdi.

Olib tashlangan o`simta gistopatologiya bo`limiga tadqiqot uchun berilgan. Mutaxassislar o`simta ichidan ko`plab tish va tish to`qimalari parchalarini chiqarib olishgan. Shifokorlarning so`zlariga ko`ra, bu juda noyob hodisadir. Zero shu vaqtga qadar bir inson og`zidan buncha ko`p miqdorda tishlar olib tashlanmagan. Bundan besh yil avvalshu kabijarrohlik amaliyoti davomida mumbaylik o`smirdan 232 ta tish olib tashlangan edi. Etti yoshli bolakayga og`ir odontoma tashxisi qo`yilgan. Endi u vrach-ortodont nazorati ostida bo`ladi.

Комментарии