41

Tramp Xitoy mahsulotlariga qo`shimcha bojlar joriy etish bilan tahdid qilmoqda (Video)

Dunyo 05.08.2019, 10:50
Теги: Video
498
Tramp Xitoy mahsulotlariga qo`shimcha bojlar joriy etish bilan tahdid qilmoqda (Video)

AQSh prezidenti Donald Tramp Xioy mahsulotlariga nisbatan qo`shimcha bojlar joriy etish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Rasmiy Pekin esa bu kabi harakatlarning oqibati yomon bo`lishidan ogohlantirmoqda. Oq uy rahbarining so`zlariga ko`ra, Qo`shma shtatlar 1 sentyabr kunidan e`tiboran umumiy qiymati 300 mlrd.dollarga teng bo`lgan Xitoy mahsulotlariga 10 % lik bojlar joriy etadi. Donald Tramp Vashington va Pekin o`rtasida savdo kelishuviga erishilmagunga qadar qo`shimcha bojlar kiritishda davom etishini ma`lum qildi.

Ushbu xabar dunyo fond birjalarida aks sado bermoqda. 1 avgust kungi savdolar yakunida Dow Jones indeksi 1% ortiqqa tushib ketdi. Xitoy hukumati o`z navbatida bunga keskin norozilik bildirdi va bordi-yu, mamlakat mahsulotlariga bojlar oshirilsa, bunga munosib ravishda javob choralari ko`rilishini ma`lum qildi. Xitoy tashqi ishlar vazirligi tomonlar o`rtasida savdo urushining kuchayishida javobgarlik Vashington zimmasida ekanligini ta`kidladi.


Комментарии

Samos: muhojirlar lagerida ommaviy tartibsizlik yuzaga keldi (Video)

17.10.2019, 10:37

Gresiyaning Samos orolidagi muhojirlar lagerida ommaviy mushlashuv ro`y berishi oqibatida bir necha nafar kishi jarohatlandi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.Ma`lumotlarga ko`ra, ommaviy mushlashuv kelib...
Evropa Ittifoqi AQShni Boeing kompaniyasiga preferensiyalar ajratayotganlikda ayblamoqda (Video)

16.10.2019, 16:41

Jahon savdo tashkiloti AQShga Evropa Ittifoqining mahsulotlari va xizmatlariga 7,5 milliard dollar miqdorida bojlar kiritishga ruxsat berdi. Bu haqda Euronewsnashri xabar berdi.Ma`lumotlarga ko`ra, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya...
"Xagibis" to`foni oqibatida Fukusima AES dagi radioaktiv chiqindilar yo`qoldi (Video)

16.10.2019, 16:32

Dam olish kunlari Yaponiyaga yopirilgan "Xagibis" to`foni oqibatida Fukusima AES da radioaktiv chiqindilar yo`qolganligi aytilmoqda. Bu haqda Arirang news nashri xabar berdi.Eslatib o`tamiz, 2011 yili Yaponiyada...
JSST: Kongoda Ebola virusi tarqalishi kamaydi (Video)

15.10.2019, 11:56

JSST Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusining tarqalishi ancha sekinlashayotganini ma`lum qildi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar qildi.Tashkilot ma`lumotlariga ko`ra, ayni damda virus mamlakatning shimoli-sharqiy qismida Mobasa, Komanda,...