Kecha, 5 avgust kuni V Xalqaro armiya o`yinlari doirasida “Forish” tog` poligonida start olgan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining dastlabki –AK-74 avtomati hamda PM pistoletidan 100 va 50 metr masofadagi nishonlarga qarata o`q otish bo`yicha “Individual mahorat” shartida ishtirokchi o`n bir mamlakatning erkak va ayollarjamoalari o`z merganlik mahoratlarini namoyish etdi.
Har ikki otish hududlarida O`zbekiston Mudofaa vazirligi mas`ul ofiseri podpolkovnik Mashhur Aglaev boshchiligidagi arbitr va texnik xodimlar shaxsiy tarkibi har bir ishtirokchiga xalqaro tanlov nizomi talablari asosida yo`riqnomalar berib, otish amaliyotining ma`yorlarga binoan xavfsiz va adolatli o`tishini nazorat qilib bordi.
– AK-74 janovar qurolidan belgilangan vaqt mobaynida qo`yilgan vazifani ko`nglimdagidek bajardim, – deydi Vatandoshimiz serjant Oydinoy Ubaydullaxo`jaeva. –Jamoalarg`oliblik uchun kuch sinashadigan ushbu nufuzli musobaqada mas`uliyat, bildirilgan ishonch, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik hamda kasbiy mahorat o`z so`zini aytadi. Biz, musobaqa kechadigan poligonlarning har qarich erida g`oliblik uchun kurashamiz! Mehmon jamoalarga esa omad tilayman!
– Dastlabki sinovdan yaxshi o`tdik. Natijalar adolatli baholab borildi. Shartning barcha bosqichlari oshkora amalga oshirildi. Tanlov nizomiga ko`ra, dastlabki ko`nikma hosil qilish va yo`nalishni chamalash uchun berilgan besh jangovar patronni nishonga uzib, qo`limizni o`rgatdik; shundan so`ng, asosiy bahsga kirishdik, – deydi Zimbabve qurolli kuchlari sharafini haydovchi erkaklar jamoasi o`rtasida kechgan jangovar quroldan o`q otish shartida himoya qilgan kapral Regis Mubvumba. – Ushbu shart adolatli tarzda, hakamlar shaxsiy tarkibining qat`iy nazorati ostida o`tdi. Men, ushbu tanlovda ishtirok etib, aynan O`zbekiston tuprog`iga tashrif buyurganimdan nihoyatda mamnunman.
Mazkur shartning yakuniy natijalari asosida hakamlar shaxsiy tarkibining xulosalariga ko`ra, individual birinchilikda peshqadamlar reytingi quyidagicha ko`rinish oldi:
Makarov pistoletidan o`q otish (erkaklar):
1-o`rinda Bobojon Elmurodov – O`zbekiston (183 ball);
2-o`rinda Kapezov Nurjan – Qozog`iston (169 ball).
3-o`rinda Korban Roman – Belarus (141 ball).
Makarov pistoletidan o`q otish (ayollar):
1-o`rinda Larisa Xolmatova – O`zbekiston (145 ball);
2-o`rinda Akbope Tanatarova – Qozog`iston (135 ball);
3-o`rinda Svetlana Cherkashina – Belarus (107 ball).
Kalashnikov avtomatidan o`q otish (erkaklar):
1-o`rinda Xokimbek Madaminjonov – O`zbekiston (191 ball);
2-o`rinda Beksultan Toktar – Qozog`iston (187 ball);
3-o`rinda Shoxrux Ibragimov – O`zbekiston (186 ball).
Kalashnikov avtomatidan o`q otish (ayollar):
1-o`rinda Oydin Ubaydullaxo`jaeva – O`zbekiston (185 balla);
2-o`rinda Xtar Tet– Myanma (182 balla);
3-o`rinda Saidaxon Abdumuminova – O`zbekiston (181 ballov).
Harbiy-tibbiyot mutaxassilari o`rtasida avtomatdan o`q otish musobaqasi bo`yija jamoaviy bahslarning yakuni bo`yicha qo`yidagilar ma`lum bo`ldi:
Erkaklar jamoasi:
1-o`rin – O`zbekiston (377 ball);
2-o`rin – Qozog`iston (363 ball);
3-o`rin – Rossiya (343 ball).
Ayollar jamoasi o`rtasida:
1-o`rin – O`zbekiston (366 ball);
2-o`rin – Myanma (340 ball);
3-o`rin – Qozog`iston (329 ball).
Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti
22.11.2019, 17:27
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati YouTube videoxostingida «Qashqadaryoda YPX xodimlari bilan katta tortishuv. Mashina haydovchisi bilan evakuatorga ortildi» sarlavhasi ostida joylashtirilgan videoga munosabat bildirdi.Ta`kidlanishicha, mazkur videodagi holat...21.11.2019, 18:21
Qashqadarë viloyati Chiroqchi tumani Beshchashma qishlog`ida IJ rusumidagi ov miltig`i bilan qo`ng`ir ayiq otib o`ldirildi. Eltuzga yuborilgan videoda qizil kitobga kirgan noëb qo`ng`ir ayiqning nimtalanib...21.11.2019, 18:04
So`nggi paytlarda ijtimoiiy tarmoqlarda insonlar orasida vahima uyg`otishga qaratilgan, “yosh bolalar o`ldirilib, ichki a`zolari sotilmoqda”, degan yolg`on xabarlar tarqaldi va ko`pchilikning bahs-munozaralariga sabab bo`ldi. Bu...19.11.2019, 16:51
Qochoqlarni yuk mashinalarida Evropaga etkazib beradigan jinoiy guruh qo`lga olindi. Bu haqda Hudud yoshlar informasion dasturi xabar berdi.