41

AQSh Venesuelaga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etdi

Dunyo 08.08.2019, 14:30
466
AQSh Venesuelaga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etdi

Vashington AQSh yurisdiksiyasida bo`lgan Nikolas Maduro hukumati aktivlarni muzlatib qo`ydi. Bu haqda Donald Trampning milliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchisi Djon Bolton ma`lum qildi.

Endi Lotin Amerikasi mamlakati hukumati bilan biznes olib borayotgan istalgan kompaniyaga choralar qo`llanilishi mumkin. Yangi sanksiyalar Venesuela hukumatining hisob raqamlarini muzlatib, u bilan amalga oshiriladigan istalgan tranzaksiyani taqiqlaydi. Bu esa Karakasning Rossiya, Xitoy va shuningdek G`arb kompaniyalari bilan munosabatlarini izdan chiqarishi mumkin.

Bu so`nggi 30 yil ichida G`arbiy yarim- sharda joylashgan mamlakat hukumatining butun boshli aktivlarni muzlatib qo`yish bilan bog`liq ilk sanksiyadir. Rasmiy Karakas joriy etilgan ushbu cheklovchi choralarni “noqonuniy iqtisodiy terrorchilik harakati”, deb atadi. Venesuellaning BMT dagi doimiy vakili Bosh kotib Antonio Guterishdan ushbu masalaga aralashuvni so`radi. AQSh yangi choralar Venesuellada hukumat almashinuvi jarayonini tezlatishiga umid qilmoqda.

Комментарии