Му5
44

Tayvanda kuchli zilzila bo`ldi

Dunyo 08.08.2019, 16:41
1205
Tayvanda kuchli zilzila bo`ldi

Tayvanda kuchi Reyter shkalasi bo`yicha 6 ballga teng bo`lgan kuchli zilzila ro`y berdi. Bu haqda Ntdtv.ru telekanali xabar berdi.

Er osti silkinishlarining epimarkazi orolning shimoli-sharqiy sohilida joylashgan Ilan uezdida 22 km chuqurlikda qayd etilgan. Tabiiy ofat natijasida bir nafar inson halok bo`lgan, 2000 mingdan ortiq binolar esa elektr ta`minotidan uzilib qolgan. Shuningdek, suv va gaz tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayrim joylarda aholi quvurlardan gaz sizib chiqayotganidan shikoyat qilishmoqda. Orol shimolida zilzila tufayli poezdlar harakati vaqtincha to`xtatib qo`yildi. Eslatib o`tamiz, Tayvan ikkita tektonik plitalar kesishuviga yaqin hududda joylashgani sababli bu erda tez- tez zilzila ro`y berib turadi.

Шарҳлар