Му5
50

Armiya o`yinlarida ilk g`alaba: “REMBAT”chilarimiz ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi

Jamiyat 10.08.2019, 18:49
Теглар: Video
387
Armiya o`yinlarida ilk g`alaba:  “REMBAT”chilarimiz ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi

Rossiya Federasiyasining Omsk shahrida o`tkazilgan “REMBAT” – “Eng ilg`or ta`mirlash va evakuasiya bataloni” musobaqasi o`z yakuniga etdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O`zbekiston terma jamoasi yakka tartibdagi poyga, harbiy texnika estafetasi, otish tayyorgarligi, jamoa sardorlari bellashuvi shartlarini ko`ngildagidek bajarib, yakunda umumjamoa hisobida faxrli 2-o`rinni qo`lga kiritdi.

Musobaqa 4 avgust kuni start olgan edi. O`zbekiston harbiy mutaxassislari ushbu musobaqada birinchi marotaba ishtirok etishiga qaramay, beshta bosqichdan iborat bo`lgan bahslarning 4 tasida 2-, bittasida esa birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Umumiy hisobda esa Rossiya birinchilikni qo`lga kiritdi. Uchinchi o`rin Laos jamoasiga nasib etdi. Dunyoning kuchli 8 jamoasi ishtirok etgan mazkur musobaqada O`zbekiston jami 6 022 ball yig`di.

– Yigitlarimiz ushbu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko`rgan edi, – deydi jamoaga boshchilik qilayotgan podpolkovnik Ismoil Navro`zov. – Odam yursa oyog`i, qush uchsa qanoti kuyadigan jaziramalarda toblanishdi. Mana bugun o`sha zahmatlarimizning mevasidan bahramand bo`lyapmiz. Albatta, g`alaba lazzati hammaga ham yoqadi. Lekin bu birgina bizning emas, balki ona Vatanimizning ham yutug`idir.

Yigitlarimizning ushbu yutug`i Xalqaro armiya o`yinlarida ishtirok etayotgan boshqa jamoalarimizga ham kuch-g`ayrat va shijoat baxsh etishi tabiiy.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti


Шарҳлар

Qashqadaryoda haydovchi mashinasi bilan evakuatorga ortildi. IIB vaziyatga izoh berdi (Video)

22.11.2019, 17:27

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati YouTube videoxostingida «Qashqadaryoda YPX xodimlari bilan katta tortishuv. Mashina haydovchisi bilan evakuatorga ortildi» sarlavhasi ostida joylashtirilgan videoga munosabat bildirdi.Ta`kidlanishicha, mazkur videodagi  holat...
Chiroqchida yana bir ayiq otib o`ldirildi (Video)

21.11.2019, 18:21

Qashqadarë viloyati Chiroqchi tumani Beshchashma qishlog`ida IJ rusumidagi ov miltig`i bilan qo`ng`ir ayiq otib o`ldirildi. Eltuzga yuborilgan videoda qizil kitobga kirgan noëb qo`ng`ir ayiqning nimtalanib...
O`rtog`ini "manyak" deb atagan shaxs aniqlandi (Video)

21.11.2019, 18:04

So`nggi paytlarda ijtimoiiy tarmoqlarda insonlar orasida vahima uyg`otishga qaratilgan, “yosh bolalar o`ldirilib, ichki a`zolari sotilmoqda”, degan yolg`on xabarlar tarqaldi va ko`pchilikning bahs-munozaralariga sabab bo`ldi. Bu...
Qochoqlarni Evropaga etkazib beradigan jinoiy guruh qo`lga olindi (Video)

19.11.2019, 16:51

Qochoqlarni yuk mashinalarida Evropaga etkazib beradigan jinoiy guruh qo`lga olindi. Bu haqda Hudud yoshlar informasion dasturi xabar berdi.