Долзарб мавзулар Foto

Hayit kuni "Vaqf" fondiga 5 mlrd. so`mdan ziyod mablag` kelib tushdi - Dastlabki ma`lumot

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 11.08.2019, 23:20

O`zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondiga shu bugun, Hayit bayrami kuni dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 5 mlrd. 990 mln. 217 ming so`mdan ziyod mablag` kelib tushdi, deya xabar beradi Din ishlari bo`yicha qo`mita matbuot xizmati.

Xabarga ko`ra, mazkur mablag`larning tasarrufi shaffoflik asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shuningdek, bu yil “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Qurbon hayiti munosabati bilan yangilik aksiyasi amalga oshirilmoqda. Bugun soat 11.00 gacha Fond tomonidan 15 tonna 410 kg. ya`ni, 739 mln. 680 ming so`mlik go`sht mahsuloti tarqatildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA