Му5
50

Kanar orollarida kuchli yong`in kuzatilmoqda (Video)

Dunyo 13.08.2019, 09:20
Теглар: Video
407
Kanar orollarida kuchli yong`in kuzatilmoqda (Video)

Kanar arxipelaginning eng yirik orolaridan biri Gran- Kanariyada kuchli yong`in kuzatilmoqda. Bu haqda Euronews.com.nashri xabar berdi.

Qutqaruv xizmatlari hududda esayotgan kuchli shamol tufayli alanga yanada kuchayishi mumkinligi haqida ogohlantirishmoqda. Yong`in sabab hozirda minglab aholi o`z uy- joylarni tashlab chiqishga majbur bo`lgan. Ular vaqtinchalik lagerlarga joylashtirilgan. Yong`inni bartaraf etishga 200 ga yaqin o`t o`chiruvchilar, o`nlab vertolyot va gidrosamolyotlar safarbar etilgan. Shanba kuni kechqurun boshlangan yong`in hozirga qadar 1000 gektardan ortiq hududni egallab olgan.

Mahalliy hokimiyat yong`inning Texeda munisipalitetiga qadar etib kelishidan xavotirda. Bundan tashqari alanga Pinar-de-Tamadaba qo`riqxonasiga xavf tug`dirmoqda. Hozirda yong`inning kelib chiqishida gumon qilinib, 55-yoshli mahalliy aholi vakili qo`lga olingan. Ushbu erkak jazirama havoda xavfsizlik qodalarini buzgan ravishda payvandlash uskunisidan foydalangan. Bunining natijasida esa yong`in kelib chiqib tez orada katta hududga tarqalib ulgurgan.



Шарҳлар

Qashqadaryoda haydovchi mashinasi bilan evakuatorga ortildi. IIB vaziyatga izoh berdi (Video)

22.11.2019, 17:27

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati YouTube videoxostingida «Qashqadaryoda YPX xodimlari bilan katta tortishuv. Mashina haydovchisi bilan evakuatorga ortildi» sarlavhasi ostida joylashtirilgan videoga munosabat bildirdi.Ta`kidlanishicha, mazkur videodagi  holat...
Chiroqchida yana bir ayiq otib o`ldirildi (Video)

21.11.2019, 18:21

Qashqadarë viloyati Chiroqchi tumani Beshchashma qishlog`ida IJ rusumidagi ov miltig`i bilan qo`ng`ir ayiq otib o`ldirildi. Eltuzga yuborilgan videoda qizil kitobga kirgan noëb qo`ng`ir ayiqning nimtalanib...
O`rtog`ini "manyak" deb atagan shaxs aniqlandi (Video)

21.11.2019, 18:04

So`nggi paytlarda ijtimoiiy tarmoqlarda insonlar orasida vahima uyg`otishga qaratilgan, “yosh bolalar o`ldirilib, ichki a`zolari sotilmoqda”, degan yolg`on xabarlar tarqaldi va ko`pchilikning bahs-munozaralariga sabab bo`ldi. Bu...
Qochoqlarni Evropaga etkazib beradigan jinoiy guruh qo`lga olindi (Video)

19.11.2019, 16:51

Qochoqlarni yuk mashinalarida Evropaga etkazib beradigan jinoiy guruh qo`lga olindi. Bu haqda Hudud yoshlar informasion dasturi xabar berdi.