Му5
50

O`rmon yong`inlari kuchaymoqda (Video)

Dunyo 13.08.2019, 17:06
Теглар: Video
500
O`rmon yong`inlari kuchaymoqda (Video)

Olimlar Sibir va Amazoniyadagi o`rmonlar hududi keskin ravishda qisqarib ketayotganligidan qattiq tashvishda ekanliklarini, buning oqibatlar insoniyat uchun ayanchli bo`lishi mumkinligi haqida bong urishmoqda. Bu haqda Euronews.com.nashri xabar bermoqda.

Kosmosdan olingan tasvirlar Sibirdagi yong`inlardan chiqayotgan quyuq tutun Alyaska va Kanadaning g`arbiy sohillari hududiga qadar etib kelganini ko`rsatmoqda. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, Sibirdagi o`rmon yong`inlari 3 mln.dan 5 mln.ga qadar hududni qamrab olgan. Sibirdagi yong`inlar sabab atmosferaga chiqayotgan zararli gazlar miqdori hozirda rekord darajaga borib etgan. Shu kabi holatni Amazoniyada tekisliklarida ham ko`rish mumkin.

Xalqaro yovvoyi tabiat fondi o`rmon massivlariga boy mamlakatlar ularni asrash yo`lida ko`proq choralar ko`rishi zarurligini ta`kidlashmoqda. Birinchi galda o`rmonlarning noqonuniy kesilishi va yong`inlar kelib chiqishining oldini olish zarur. Zero, aynan daraxtlar insonlarning toza havodan nafas olishini ta`minlab beradi. BMTning oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, o`rmonlar sayyoramizning 31 % qismini qoplagan bo`lib, 4 milliard gektar hududni egallaydi. Aynan o`rmonlar har yili millard tonna karbonat angidrid gazini yutadi.


Шарҳлар

Qashqadaryoda haydovchi mashinasi bilan evakuatorga ortildi. IIB vaziyatga izoh berdi (Video)

22.11.2019, 17:27

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati YouTube videoxostingida «Qashqadaryoda YPX xodimlari bilan katta tortishuv. Mashina haydovchisi bilan evakuatorga ortildi» sarlavhasi ostida joylashtirilgan videoga munosabat bildirdi.Ta`kidlanishicha, mazkur videodagi  holat...
Chiroqchida yana bir ayiq otib o`ldirildi (Video)

21.11.2019, 18:21

Qashqadarë viloyati Chiroqchi tumani Beshchashma qishlog`ida IJ rusumidagi ov miltig`i bilan qo`ng`ir ayiq otib o`ldirildi. Eltuzga yuborilgan videoda qizil kitobga kirgan noëb qo`ng`ir ayiqning nimtalanib...
O`rtog`ini "manyak" deb atagan shaxs aniqlandi (Video)

21.11.2019, 18:04

So`nggi paytlarda ijtimoiiy tarmoqlarda insonlar orasida vahima uyg`otishga qaratilgan, “yosh bolalar o`ldirilib, ichki a`zolari sotilmoqda”, degan yolg`on xabarlar tarqaldi va ko`pchilikning bahs-munozaralariga sabab bo`ldi. Bu...
Qochoqlarni Evropaga etkazib beradigan jinoiy guruh qo`lga olindi (Video)

19.11.2019, 16:51

Qochoqlarni yuk mashinalarida Evropaga etkazib beradigan jinoiy guruh qo`lga olindi. Bu haqda Hudud yoshlar informasion dasturi xabar berdi.