Му5
50

Soliq qarzi uchun xatlandi

Jinoyat 14.08.2019, 09:53
633
 Soliq qarzi uchun xatlandi

Boyovut tumanlalaro iqtisodiy sudining ijro varaqalariga asosan karzdor Boyovut tumanlararo “Boyovut pilla” MChJdan undiruvchi Boyovut tuman DSI foydasiga jami 347 551 000 so`m soliq qarzi undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Boyovut tuman bo`limi davlat ijrochisi tomonidan yuqoridagi qarzdorlikni undirish maqsadida qarzdor “Boyovut pilla” MChJga tegishli bo`lgan Boyovut shaxarchasi Madaniyat maxallasi xududida joylashgan “Idora va yordamchi binolari” binosi xatlangan hamda “Guliston baholash Konsalting” MChJ tomonidan tapqdim etilgan xulosaga asosan 1 104 700 149 so`mga baholangan.

Hozirda mazkur mol-mulklar «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksionga savdoga chiqarildi. Kelgusida sotuvdan tushgan pul mablag`lari soliq qarzdorligi uchun yo`naltiriladi. Boyovut tuman bo`limi davlat ijrochilari tomonidan davlat foydasiga undiruvlarga alohida e`tibor qaratilib, ushbu toifadagi ijro hujjatlari ijrosini o`z vaqtida, so`zsiz ta`minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko`rish ishlari davom etmoqda.

Шарҳлар