Му5
50

Olimlar Ebola virusiga qarshi samarali dori vositasini yaratishdi

Dunyo 14.08.2019, 17:01
551
Olimlar Ebola virusiga qarshi samarali dori vositasini yaratishdi

Yangi dorilar bemorlar yashab qolish ehtimolini 90 foizga qadar oshiradi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Amerikalik mutaxassislar yaratgan yangi ikkita dori vositasi bemor tomiri orqali yuboriladi. Antitelalar Ebola virusiga qarshi hujum qilib, uni zararsizlantiradi hamda hujayralardan hujayraga tarqalishining oldini oladi. Yangi dori vositalari bundan bir yil avval Ebola epidemiyasi tarqalishni boshlagan Kongo Demokratik Respublikasida sinovdan o`tkazildi. 9 oy davom etgan tajribalarda 4 ta dori vositasi sinab ko`rildi. Ularning ikkitasi esa samarasiz bo`lib chiqdi.

Yangi dori vositalaridan Kongo demokratik Respublikasi shifoxonalarida Ebolani davolashda foydalaniladi. Olimlarning ta`kidlashicha, kasallikning erta bosqichlarida shifoxonalarga murojaat etgan bemorlarning yashab qolish ko`rsatkichi ancha yuqori. Bordi-yu, bemorlar zudlik bilan shifoxonaga kelmasa, davolash samaradorligi pasayib ketadi. Eslatib o`tamiz, Ebola epidemiyasining tarqalishi bilan bog`liq eng yirik holat G`arbiy Afrikada 2014-2015 yillarda kuzatilgan bo`lib, kasallik 11 000 nafar inson umriga zomin bo`lgan edi. Kongoda kuzatilayotgan joriy yilgi epidemiya esa 1800 nafarga yaqin odamni hayotdan olib ketdi.

Шарҳлар