Му5
46

Simferopoldan uchayotgan samolyot favqulodda qo`nishni amalga oshirdi (Video)

Dunyo 16.08.2019, 12:00
Теглар: Video
760
Simferopoldan uchayotgan samolyot favqulodda qo`nishni amalga oshirdi (Video)

Simferopoldan Moskvaga uchayotgan A-321 yo`lovchi samolyoti Moskva oblastining Jukovskiy aeroportiga favqulotda qo`nishni amalga oshirdi.

Qattiq qo`nish vaqtida yo`lovchilardan yigirma nafari tan jarohati olishdi. Ularning barchasi shifoxonalarga etkazilgan. Samolyot aeroport uchish- qo`nish yo`lagidan 3-5 km masofaga chiqib ketib, makkajo`xori dalasiga qo`ngan. Taxminlarga ko`ra, layner havoga ko`tarilish vaqtida dvigateliga qushlar kirib ketishi avariyani keltirib chiqargan. Buning oqibatida dvigatellarda yong`in boshlanib, ular ishlashdan to`xtagan. Uchuvchilar samolyotni shassisi yig`ilgan holatda qo`ndirishga muvaffaq bo`lishdi. Yaxshiyamki, uchish-qo`nish yo`lagi oldida makkajo`xori dalasi bo`lgan, yaqin tevarak atrofda qurilish ob`ektlarining yo`qligi dahshatli fojianing oldini oldi. Xabarlarga ko`ra, layner «Uralskie avialinii» kompaniyasiga tegishli bo`lgan.

Halokat ro`y bergan vaqtda samolyot bortida 234 nafar yo`lovchi va 7 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan. Ekipaj a`zolari zudlik bilan evakuasiya choralarini ko`rib, yo`lovchilarning bortni tark etishiga yordam berishgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu reysda parvoz etgan yo`lovchilar uchuvchilarning mahoratini e`tirof etishmoqda. Xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkiloti IKAO ma`lumotlariga ko`ra, har yili samolyotlarning qushlar to`qnashuvi bilan bog`liq 16 mingdan ortiq holat qayd etiladi. Agar qushlarning og`irligi 1,8 kg dan oshmasa zamonaviy dvigatellar bunday to`qnashuvlarni engishga qodir. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, g`ozlar bilan to`qnashuv turbina dvigatelli laynerlar uchun ayniqsa xavflidir.


Шарҳлар

Albatta, ko`ring! "Oskar"ga sazovor bo`lgan 3 daqiqalik animasion film (Video)

18.11.2019, 17:49

Ushbu film eng yaxshi animasion film nominasiyasida «Oskar» mukofotiga sazovor bo`ldi.Film atigi 3 daqiqa. Bizning tasavvurimiz o`zgarganda hayot qanday o`zgarishi mumkin? Ajoyib film. Albatta, oxirigacha...
Farg`onada erkak shar`iy nikohdagi ayoli bilan til biriktirib, sobiq xotinini cho`ktirib o`ldirdi (Video)

18.11.2019, 16:39

Bu voqeani eshitgan odam hayratdan yoqa ushlashi tabiiy hol. Farg`onada er shar`iy nikohdagi xotini bilan kelishib, qonuniy nikohdagi rafiqasi va ikki farzandini katta Farg`ona kanaliga...
Jizzax tog`lariga davlatimizning ulkan bayrog`i to`shaldi (Video)

18.11.2019, 16:22

Bugun «O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i to`g`risida»gi qonun qabul qilingan kun.Shu munosabat bilan Jizzax tog`larida eni 90 metr, bo`yi 60 metr bo`lgan davlatimizning ulkan bayrog`i tog`...
Abu Saxiy bozorida tadbirkorlar to`polon ko`tardi: ular nimadan norozi? (Video)

16.11.2019, 11:19

Ijtimoiy tarmoqlarda Abu Saxiy bozorida tadbirkorlarning to`polon ko`targani aks etgan videolar tarqalmoqda.Ma`lumotlarga ko`ra, ular do`konlari buzilayotganidan norozi va "Hech qaerga chiqmaymiz", deya norozi bo`lishyapti.