Долзарб мавзулар Foto

Boeing 737 Max samolyotlari kompaniyalarning kasodga uchrashiga sabab bo`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video
Добавлено: 17.08.2019, 21:02

Boeing 737 Max samolyotlari bilan sodir bo`lgan avia halokatlar dunyodagi aksariyat loukostr kompaniyalarining faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatib, ko`pchiligining kasodga uchrashiga olib kelmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri yozdi.

Shu turdagi samolyotlardan foydalanishning to`xtatilishi ortidan Norwegian Air aviakompaniyasi 15 sentyabrdan e`tiboran Irlandiya va Shimoliy Amerika o`rtasidagi barcha reyslarni bekor qilishini ma`lum qildi. Skandinaviyaning yirik loukosteri transatlantika parvozlarni amalga oshirishda 18 ta Boeing 737 Max laynerlaridan foydalanar edi. Norwegian Air reyslarni saqlab qolish maqsadida ijaraga boshqa samolyotlarni olgan, biroq bu kompaniyaga 70 millioln evroga tushgan va yaqin kelajakda katta zararga olib kelishi ma`lum bo`lgan.

Yo`lovchilar uchun vaziyat Ryanair xodimlarining kelgusidagi o`tkaziladigan norozilik namoyishlari sabab yanada og`irlashadi. Arzon parvozlarni amalga oshiruvchi ushbu kompaniya har kuni Dublinga va u erdan taxminan 230 ta reysni amalga oshiradi. Qolgan aviakompaniyalarning chipta narxlari ancha qimmat turadi. Efiopiya va Indoneziyada ro`y bergan aviahalokatlar ortidan Boeing 737 MAX modelidagi samolyotlarning parvozi butun dunyo bo`ylab to`xtatilgan. Hozirda Boeing kompaniyasi ushbu modeldagi samolyotlar dasturiy ta`minotidagi kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlashmoqda.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA