Долзарб мавзулар Foto

O`zbekiston Prezidenti AQSh Davlat kotibi o`rinbosarini qabul qildi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 22.08.2019, 18:28

Bugun, 22 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkentga tashrif bilan kelgan Amerika Qo`shma Shtatlari Davlat kotibining siyosiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Devid Xeylni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, keyingi yillarda ko`p qirrali O`zbekiston-AQSh munosabatlarida izchil rivojlanish kuzatilayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

O`tgan yilning may oyida Vashingtonda bo`lib o`tgan samarali oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz strategik sherikligida yangi davrni boshlab bergani ta`kidlandi.

AQSh diplomati, o`z navbatida, O`zbekiston rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Prezident Donald Tramp va Davlat kotibi Mayk Pompeoning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Devid Xeyl AQSh O`zbekistonda davlat qurilishi va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish sohasida amalga oshirilayotgan o`zgarishlar, aholi turmushi darajasi va sifatini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlashga qaratilgan islohotlarni yuksak baholashini ta`kidladi.

O`zbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarning mintaqada do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va o`zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi sa`y-harakatlari qo`llab-quvvatlanayotgani bildirildi.

Afg`onistondagi vaziyatni tinch yo`l bilan hal qilish va ushbu mamlakatni mintaqaviy jarayonlarga jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid hamda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy, investisiya, innovasiya, ta`lim va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar faollashgani hamda AQShning etakchi kompaniyalari, bank va tashkilotlari ishtirokidagi qo`shma loyihalar ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yil iyun oyida AQSh birinchi sertifikatlangan iqtisodiy missiyasining O`zbekistonga tashrifi yakunida ilgari surilgan ishbilarmonlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash masalasiga alohida e`tibor qaratildi.

Uchrashuv so`ngida Davlat kotibi o`rinbosari Devid Xeyl AQShning mamlakatlarimiz o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini va har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi intilishi qat`iy ekanini tasdiqladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA