Долзарб мавзулар Foto

AQSh “Tolibon” bilan muzokaralar o`tkazishdan voz kechdi (Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video
Добавлено: 10.09.2019, 10:23

Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ma`lum qildi. U shuningdek rasmiy Vashington muzokaralarning qayta tiklanishiga umid qilishini ta`kidlab o`tdi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Buning uchun esa “Tolibon” harakati o`z zimmasiga jiddiy majburiyatlarni olishi va avval erishilgan kelishuvlarni bajarishi lozim. Bundan avval amerikalik harbiylarni Afg`onistondan olib chiqib ketish muddatlari bo`yicha tomonlar o`rtasida kelishuvga erishilgan edi. Kelishuv imzolangandan keyin AQSh qo`shinlarining Afg`onistondagi 5 ta bazani 135 kun ichida tark etishiga kelishib olingan edi.

Buning evaziga “Tolibon” mamlakat hududidan AQShga yoki boshqa davlatlarga hujum qilish maqsadida foydalanmasligi bo`yicha majburiyatni o`z zimmasiga olgan edi. Biroq 5 sentyabr kuni Qobulda ro`y bergan terrorchilik harakati ortidan AQSh muzokaralar o`tkazishni to`xtatishini ma`lum qildi.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA