Му5
46

Paxta hosilini terish uchun narxlar belgilandi

Jamiyat 10.09.2019, 13:01
557
Paxta hosilini terish uchun narxlar belgilandi

2019 yil paxta hosilini yig`ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida Hukumat qarori qabul qilindi (752-son, 09.09.2019 y.), deya xabar bermoqda «Huquqiy axborot» kanali.

Qarorga ko`ra:

–mashinada terilgan 1 tonna paxta uchun – 600 000 so`m xizmat haqi;

–qo`lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda –800 so`mdan, ikkinchi terimda – 1200 so`mdan;

–mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln so`mdan, terim markazlari rahbarlariga 3 mln so`mdan mehnat haqi to`lanadi.

Shuningdek, paxta to`qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga va klasterlarga paxtani terib olish uchun banklar tomonidan yillik 16 foiz stavkada kredit ajratiladi.

Bundan tashqari, qarorga ko`ra 2019 yil hosilini qisqa muddatda yig`ib olish, terimchilar bilan o`z muddatida hisob-kitob qilish uchun Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash jamg`armasiga 2020 yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.

Шарҳлар