Му5
46

​Namanganda chaqaloqlarni qasddan o`ldirish jinoyati sodir etildi

Jinoyat 10.09.2019, 15:51
712
​Namanganda chaqaloqlarni qasddan o`ldirish jinoyati sodir etildi

Bosh prokuraturaning ma`lum qilishicha, voqea joriy yil 9 sentyabrda sodir etilgan.

2019 yil 9 kuni soat taxminan 04:30 larda Namangan tumani tibbiyot birlashmasining tug`ruq kompleksiga qarashli binoning orqa hovlisidan fuqaro D.X. (1996 y.t.) va M.T.(1997 y.t.) larning 02.09.2019 yilda tug`ilgan qiz chaqaloqlari tirik holda topilgan. Chaqaloqlar jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Biroq, shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, chaqaloqlar vafot etishgan.

Aniqlanishicha, 2019 yil 9 sentyabr soat taxminan 03:30 larda fuqaro D.X. 02.09.2019 yilda tug`ilgan farzandini oldiga kirib, uni oyoqlari notekis (nuqsonli) tug`ilganligidan achchiqlanib, undan qutulishni maqsad qilgan. U kelgusida sodir etayotgan qilmishi fosh bo`lib qolishining oldini olish maqsadida o`z chaqalog`i bilan birgalikda shu xonada yotgan M.T.ning qiz chaqalog`ini ham olib, deraza oynasi orqali ularni tug`ruq kompleksining 2-qavatidan pastga uloqtirib yuborgan. Oqibatda chaqaloqlar og`ir tan jarohatlari olishgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 9 sentyabrda tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro D.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-kismi “a,v” bandlari hamda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug`ruq kompleksi mas`ul shaxslariga nisbatan 116-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. D.X. prosessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Шарҳлар