Му5
46

Ona suti saraton kasalligining oldini oladi

Salomatlik 10.09.2019, 18:56
437
Ona suti saraton kasalligining oldini oladi

Bola sog`lom o`sishiga ko`p omillar ta`sir qiladi.Buning birinchi sharti esa ilk davrdanoq uni to`g`ri ovqatlanishidir. Go`daklarni oziqlantirish usullaridan eng yaxshisi va xavfsizi esa – bu shubhasiz, ko`krak suti hisoblanadi.

Ona suti chaqaloqlar uchun eng yaxshi ozuqa, u dastlabki olti oyda bola organizmini barcha kerakli ozuqa moddalari bilan to`liq ta`minlab beradi. Har bir onaning suti aynan o`z farzandining ehtiyojlariga mos keladi va barkamol rivojlanishi uchun zarur bo`lgan moddalardan tarkib topadi.

– Bolani ko`krak bilan emizish ona sog`lig`i uchun ham foydali: kamqonlikning oldi olinadi, ko`krak bezi, hatto bachadonbo`yi saratoni kasalliklarining paydo bo`lish xavfini keskinkamaytirishi ilmiy jihatdan to`la asoslangan, – deydi Sog`liqni saqlash vazirligibosh neonatologi,tibbiyot fanlari doktori Kamola SOLIHOVA. – Qolaversa, ko`krak bilan muntazam emizish ona va bola o`rtasida kuchli mehrli aloqani o`rnatib, ham bola, ham onaning ruhiy-emosional holatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi va go`dakka himoyalanganlik, xotirjamlik bag`ishlab, miriqib uxlashini ta`minlaydi. Ushbu jihatlar e`tiborga olinib, butun dunyoda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan bolani ko`krak suti bilan oziqlantirish doimiy targ`ib qilib kelinadi. Bu borada JSST tomonidan tegishli tavsiya va qo`llanmalar ishlab chiqilib, undan tibbiyot tizimida samarali foydalanilayapti.

Aytish kerakki, chaqaloqlarni ko`krak suti bilan oziqlantirish xalqimizning qadimiy va ezgu qadriyatidir. Mamlakatimizdagi birlamchi tibbiyot muassasalaridan tortib,tug`ruq majmualarigacha bo`lgan bo`g`inda ona va bolaga ixtisoslashgan tibbiy yordamni uzluksiz tashkil etishga alohida e`tibor qaratilayapti. Shuning uchun ham hozirda tug`ruq majmualarida bola tug`ilgan zahotiyoq onaga berilib, ko`krak suti bilan oziqlantirish yo`lga qo`yilgan.Bolani ko`krak bilan emizish 2 yoshgacha va undan ko`proq vaqt davomida tavsiya etiladi.

Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

Шарҳлар