41

Avstraliyada o`rmon yong`inlari kuzatilmoqda (Video)

Dunyo 11.09.2019, 13:16
Теги: Video
149
Avstraliyada o`rmon yong`inlari kuzatilmoqda (Video)

Avstraliyaning Kvinslend va Janubiy Uels shtatlarida kuzatilayotgan kuchli o`rmon yong`inlari sabab hozirda odamlar o`z uy-joylarni tashlab chiqishga majbur bo`lmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Hozirga qadar 140 ta alanga o`chog`i ro`yxatga olingan bo`lib, ularning aksariyati Kvinslend shtatida joylashgan. Yong`in 80 ga yaqin turar joy binolariga zarar etkazgan. Hududda esayotgan kuchli shamol alangani tez orada katta hududlarga tarqalishiga sabab bo`lmoqda. Ayni damda minglab gektar hudud yonib kul bo`lgan.

Janubiy yarim sharda hozir bahor fasli, yilning bu davrida Avstraliyada odatda yong`inlar tez-tez ro`y beradi. Biroq bu safar ular odatdagiga qaraganda, ancha barvaqt boshlandi. Mahalliy polisiya yong`inlarning kelib chiqishi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Комментарии

JSST: Kongoda Ebola virusi tarqalishi kamaydi (Video)

15.10.2019, 11:56

JSST Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusining tarqalishi ancha sekinlashayotganini ma`lum qildi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar qildi.Tashkilot ma`lumotlariga ko`ra, ayni damda virus mamlakatning shimoli-sharqiy qismida Mobasa, Komanda,...
Evropa Ittifoqi Turkiyaga qarshi sanksiya qo`llashni muhokama qildi (Video)

15.10.2019, 11:39

Evropa Ittifoqi turk harbiylarining Suriya shimoli-sharqiga joylashtirilishiga nisbatan o`z javob choralarini qo`llamoqchi, deb xabar berdi Euronews.com nashri. Lyuksemburgdagi uchrashuvda EI tashqi ishlar vazirlari Turkiyaga qarshi turli...
Yaponiya: "Xagibis" to`fonidan so`ng (Video)

15.10.2019, 11:29

Euronews.com nashri ma`lumotlariga ko`ra, «Xagibis» to`foni oqibatida 40 kishi halok bo`lgan yana 16 nafari esa bedarak yo`qolgan. Bundan tashqari, 189 nafar kishi jarohatlangan. Kioda agentligi qidiruv-qutqaruv...
Turkiya harbiy kuchlari Suriya shimolida harbiy operasiya boshlash arafasida turibdi (Video)

07.10.2019, 17:20

AQSh Suriya shimolidagi hududlardan o`z harbiylarini olib chiqishni boshladi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.Yaqin vaqt orasida Turkiya ushbu hududda kurd qurolli koalisiyasiga  qarshi keng ko`lamli...