Му5
44

Chexiyada yashovchi vatandoshlar bilan uchrashuv o`tkazildi

Jamiyat 11.09.2019, 14:21
254
Chexiyada yashovchi vatandoshlar bilan uchrashuv o`tkazildi

Chexiyaning Praga shahrida Chexiyadagi “O`zbegim” madaniy turizm markazi va faol vatandoshlar O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi vakillari bilan hamkorlikda Mustaqilligimizning 28 yilligiga bag`ishlangan katta tadbir o`tkazishdi, unda Chexiyada istiqomat qiluvchi 100 dan ortiq vatandoshimiz qatnashdi.

Shu bilan birga, tadbirda Chexiya tashqi ishlar vazirligi, mahalliy hukumat va turizm kompaniyalari vakillari ham ishtirok etishdi. Tadbir davomida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi vakillari Chexiyadagi vatandoshlarni Mustaqillik bayrami bilan tabriklashdi. Delegasiya tarkibida Chexiyaga tashrif buyurgan O`zbekiston filarmoniyasi “Sug`diyona” milliy cholg`ular kamer orkestri vakillari o`zbek milliy kuy-qo`shiqlarini ijro etishdi. Shuningdek, O`zbekistonning turizm salohiyati taqdimoti o`tkazildi, mavzuga oid videoroliklar namoyish qilindi.

Taqdimot yig`ilganlarda juda katta qiziqish uyg`otdi. Tadbir doirasida o`zbekona dasturxon bezatilib, milliy taomlarimiz tayyorlab tarqatildi. O`zbek milliy taomlari chexiyaliklarga juda manzur bo`ldi. Bundan tashqari, Chexiyadagi vatandoshlarimiz tomonidan O`zbekiston turizmi targ`ibot aksiyasi o`tkazildi. Ular shaxsiy avtomashinalariga O`zbekiston yozuvi tushirilgan nakleykalarni yopishtirib, chexiyaliklarga yurtimizning turizm salohiyatini namoyish etuvchi materiallarni tarqatishdi, shuningdek, o`zlari o`qiydigan va ishlaydigan joylarda ham O`zbekistonga sayohatni targ`ib qilishlariga kelishildi.

Ta`kidlash joizki, bularning bari O`zbekiston Prezidentining 2018 yil 25 oktyabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O`zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 3982-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Шарҳлар