Му5
44

Isroil vaziri o`z rejasini ma`lum qildi (Video)

Dunyo 12.09.2019, 13:40
Теглар: Video
235
Isroil vaziri o`z rejasini ma`lum qildi (Video)

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Iordan daryosining g`arbiy sohillarini o`z mamlakati tarkibiga qo`shib olishni rejalashtiryotganini ma`lum qildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Bosh vazir bayonotiga nisbatan qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar keskin munosabat bildirishdi. Siyosatchi o`zining bu kabi rejasini saylov oldi dasturidan o`rin olgan Ashdoddagi chiqishi davomida ma`lum qilgan. Binyamin Netanyaxu bordi-yu, mamlakat parlamentiga bo`lib o`tadigan navbatdagi saylovlarda g`alaba qozongudek bo`lsa, Iordan vodiysi va O`lik dengizining shimoliy sohillari hududida Isroil suvereniteti o`rnatilishini ta`kidladi. Ushbu hududlarning katta qismi Isroil aholi punktlari bilan egallab olingan.

Arab davlatlari ligasi kengashi ushbu bayonotni Isroil tajovuzkor rejalarining jiddiy isboti, xalqaro qonunlar, BMT nizomi va xalqaro ahamiyatga ega tegishli rezolyusiyalar buzilishining yaqqol dalili sifatida e`tirof etmoqda. BMT Xavfsizlik Kengashining 2016 yilgi rezolyusiyasi Isroilga Iordan daryosining g`arbiy hududlarida aholi punktlarini barpo etib, egallab olishni man etadi. BiroqIsroil ushbu majburiyatni bajarishdan bosh tortib kelmoqda. Aynan shu holat Isroil- Falastin o`rtasida tinchlik o`rnatish yo`lida asosiy to`siq bo`lib qolmoqda.


Шарҳлар

Samarqandda bir oy komada yotgan 48 yoshli ayol hayotga qaytarildi (Video)

12.11.2019, 16:40

Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining reanimasiya bo`limida 48 yoshli ayol bir oy komada yotdi. Shifokorlarning sa`y-harakatlari bilan u hayotga qaytarildi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» informasion...
O`rmon yong`inlari oqibatida 7 kishi bedarak yo`qoldi (Video)

11.11.2019, 14:57

Avstraliyada o`rmon yong`inlari kuchaymoqda, deb xabar berdi Vesti.ru nashri. O`rmon yong`inlari oqibatida etti kishi bedarak yo`qolgan, 35 kishi qattiq jarohatlangan. Qolaversa, 100 dan ortiq uylar vayron...
Navoiy viloyat IIB «Tez yordam» xodimi tahqirlangani aks etgan videolavhaga munosabat bildirdi (Video)

02.11.2019, 12:02

Holatni o`rganish mobaynida 2019 yil 31 oktyabr kuni soat 17:40da Uchquduq tuman Tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo`limiga Pulatov Eldor tanishi Hikmatov Kamolning sog`ligi yomonlashganligi...
Sirdaryo viloyatida “Bir million daraxt” aksiyasiga start berildi (Video)

02.11.2019, 10:59

Sirdaryo viloyatida ko`chatlar asosan suv ta`minoti cheklangan joylarda ekiladi. Shu munosabat bilan murakkab iqlim sharoitlariga chidamli daraxt turlari tanlanadi. Bundan tashqari, ko`chatlarni ekishda suvni tejaydigan...