Му5
46

“O`zbekkino” milliy agentligiga yangi direktor tayinlandi

Jamiyat 12.09.2019, 15:35
827
“O`zbekkino” milliy agentligiga yangi direktor tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qaroriga binoan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov “O`zbekkino” Milliy agentliggining direktori etib tayinlandi.

Firdavs Abduxoliqov ayni paytga qadar bir qator hujjali filmlarga prodyuserlik qilgan. Uning rahbarligida O`zEOAVMA tomonidan Rossiya telekanallari bilan hamkorlikda “O`zbekiston – qumliklar javohiri”, “Qoraqalpog`iston vaqt qumliklari oralab”, “O`zbekiston. Qo`lga kiritilgan kashfiyotlar”,“Nukus. Noma`lum kolleksiya” singari hujjatli filmlar suratga olingan.

Shuningdek, Firdavs Abduxoliqov BBC, EURONEWS, CNBCva boshqa bir qator xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda ko`plab media loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Yaqinda efirga uzatilgan«Katta Langar Qur`oni: sirlar va haqiqatlar» hujjatli filmi shular jumlasidan. Joriy yilning avgust oyida «Rossiya-Kultura» telekanalida“O`zbekiston. Sevgi haqida afsonalar” hujjatli filmi namoyish qilindi.

Firdavs Abduxoliqov shuningdek, 2018 yilda Sankt-Peterburgda “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasidoirasida o`tkazilgan II Xalqaro kongressda 300 dan ortiq jahon olimlari tashabbusi bilan tuzilgan O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyatiningraisi hisoblanadi.

Шарҳлар