Му5
46

Prezident Qo`qon va Marg`ilon shaharlarini rivojlantirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi

Siyosat 15.09.2019, 12:26
180
Prezident Qo`qon va Marg`ilon shaharlarini rivojlantirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Qo`qon» erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi.

Bu erda dastlab Qo`qon va Marg`ilon shaharlarini kompleks rivojlantirishga xorijiy investisiyalar jalb etish bo`yicha yangi loyihalar taqdimoti o`tkazildi. Jumladan, kelgusi uch yilda bu ikki shaharga xalqaro moliya institutlarining 1 milliard 354 million dollarlik imtiyozli kreditlari yo`naltirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag` uchta yo`nalishda – sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish, infratuzilma ob`ektlarini modernizasiya qilish hamda ko`p qavatli uy-joylar qurish sohalarida o`zlashtirilishi ko`zda tutilgan.

Davlat rahbari uy-joylar qurilishiga oid loyihalarni qayta ko`rib chiqish, Qo`qon va Marg`ilon shaharlarini rivojlantirish bo`yicha besh yillik reja qilish zarurligini ta`kidladi.

- Avvalo, qaerda qiyinchilik borligini o`rganish, odamlarning fikrini olish kerak, - dedi Prezident. - Aholi qachon qaysi hududda qurilish bo`lishini bilsin. Uy-joy bilan ish o`rinlari mutanosib bo`lishi zarur. Farg`onaliklarning hunarmandchilik an`analari, hudud imkoniyatlarini inobatga olib, charm-poyabzal, chinni, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va boshqa turdagi korxonalar tashkil etish mumkin.

Шарҳлар