Му5
46

Turizimni rivojlantirish davlat qo`mitasida yangi tayinlov

Jamiyat 19.09.2019, 16:10
621
Turizimni rivojlantirish davlat qo`mitasida yangi tayinlov

Prezident Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 17 sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, Ulug`bek Ahmadovich A`zamov O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.

A`zamov Ulug`bek Ahmadovich, 1981 yil Toshkent shahrida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti oliy, 2002 yilda Buyuk Britaniyaning Surrey universitetini “Xalqaro turizm menejmenti va mehmondo`stlik” yo`nalishi bo`yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar Ulug`bek Ahmadovich A`zamov O`zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo`yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Шарҳлар