41

“Asalni oson yalashga uringanlar”faoliyati qonuniylashtirilmoqda

Jamiyat 20.09.2019, 10:39
475
“Asalni oson yalashga uringanlar”faoliyati qonuniylashtirilmoqda

Biznes maydoni sof raqobat tarafdori. Faoliyati orqali yurt ravnaqiga,el manfaatiga naf keltirishni maqsad qilgan tadbirkor qonun doirasidan tashqariga chiqmaydi.Oson asal yalashni ko`zlab,hech qanday hujjatlarsiz tijorat qilayotganlar boshqalarning risoladagiday tadbirkorliginirivojlantirishiga soya solmoqda.

Andijon viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan yashirin “biznes” yuritishga barham berish hamda huqubuzarlikni sodir etgan fuqarolarning faoliyatini qonuniylashtirish maqsadida profilaktik tadbirlar o`tkazilmoqda.

“Bozorboshi” ko`chasi o`z nomiga monand –Jalaquduq tumanining eng gavjum hududi. Bozorga kelganki, albatta, shu erdan o`tadi. Parvarishlayotgan parrandasi-yu, hayvonlariga ozuqa em olish uchun. Tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari hududdagi tadbirkorlar bilan birma-bir profilaktik suhbat o`tkazganida, Dilshod Valiev (maqoladagi ism-shariflar o`zgartirilgan)ning hech qanday hujjatlarsiz faoliyat olib borayotganligi aniqlandi.

Tadbir davomida bayonnoma rasmiylashtirilib, ungategishli 3 million so`mdan ortiq moddiy boyliklari vaqtinchalik olib qo`yildi. Qo`rg`ontepa tumanining chekka – Jannatmakon mahallasida yashovchi Abrorbek Yarashev hamma joyda “soliq tarozisi” borligini unutgan ko`rinadi. U dastlab paxtani qayta ishlash sexini aholiga qulaylik yaratish uchun ochganligini aytib, yashirin faoliyat yuritayotganligini xaspo`lashmoqchi bo`ldi. Tadbirkorlik guvohnomasi so`ralganida, hech qanday hujjat taqdim etolmadi. Abrorbekning noqonuniy faoliyati yuzasidan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma rasmiylashtirib, ashyoviy dalil sifatida 5 million 700 ming so`mlik dastgohi vaqtinchalik olindi.

Kuz kelib, odamlar yog`in-sochinga qolmay qurilishini tugatish harakatiga tushib qolishgan. O`zini “ishning ko`zini biluvchi” sanagan Andijon tumani Qo`qonli mahallasida istiqomat qiluvchi Odiljon Ro`zievzudlik bilan beton g`isht sexini tashkil qiladi. Uning faoliyati o`rganilganida esa “misi” chiqdi. Davlat ro`yxatidan o`tmasdan faoliyat yuritayotgan bu fuqaroning “ishbilarmonligi” yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilib,qirk ikki million so`mlik dastgohi hamda 8 million so`mlik beton g`ishtlari vaqtinchalik saqlovga olindi.

2019 yilning 1 yanvaridan qurilish materiallari, sement, shifer, yog`och va yog`och mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanish faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo`yilgan. Izboskanlik Husniddin Shodmonovning bundan xabari bo`lsa-da, o`z bilganicha yo`l tutishni afzal ko`rdi. Ya`ni, “MChJ yoki firma” ochib yuramanmi”, deya luqmani oson yutish yo`lini tanladi. Soliq xodimlari undan hujjat so`raganda esa adashganligini bildi. Uning davlat ro`yxatidan o`tmasdan daromad topishga urinayotganlik holati bo`yicha ma`muriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylashtirilgach, savdoga qo`yilgan kirim hujjatlarisiz 10 million 680 ming so`mlik 10 turdagi qurilish mollari vaqtinchalik daliliy ashyo sifatida olindi.

Bundan tashqari, maxsus lisenziyaga ega bo`lmay turib,pinhona ravishda alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanayotgan 27 nafar fuqaro aniqlandi.

Ularning “tadbirkorligi” yuzasidan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib,5 million 150 ming so`mlik alkogol, 4 million 411 ming so`mlik tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi.

Andijon viloyati davlat soliq idoralari tomonidan sentyabr oyining shu kuniga qadar o`tkazilgan 132ta nazorattadbirida davlat ro`yxatidan o`tmay,daromad topishga urinayotgan fuqarolarga do`stona maslahat bergan holda ularning to`la-to`kis qonuniy faoliyat yuritishi ta`minlandi.

Dilmurod PARPIEV, Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho``basi katta inspektori

Комментарии