41

Kanada Bosh vazirining surati keskin munozaralarga sabab bo`ldi

Dunyo 20.09.2019, 16:03
417
Kanada Bosh vazirining surati keskin munozaralarga sabab bo`ldi

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoning bundan 18 yil avvalgi rasmi keskin munozaralarga sabab bo`lmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Bir qator OAV larda chop etilgan eski rasmlarda mamlakat bosh vaziri yuzlarini jigarrang va qoraga bo`yab olgani aks etgan. G`arbda bu kabi ko`rinish irqchilikka hos harakat sifatida e`tirof etiladi. Aynan shu sababli ushbu holat Kanadada keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo`lmoqda. Siyosiy muxolifat esa ushbu suratlar Bosh vazirning haqiqiy yuzini ochganligini ta`kidlashmoqda. Buning ortidan Jastin Tryudo jamoatchilikdan uzr so`radi va qattiq afsusda ekanligini bildirdi.

Aynan rasmlar bilan bog`liq mojaro bir oydan so`ng mamlakat parlamentiga bo`lib o`tuvchi saylovlarda bosh vazirning g`alaba qozonish imkoniyatlariga salbiy ta`sir etishi mumkin. Uning raqibi konservatorlar rahbari Endryu Shir “Tryudoning irqchilik kayfiyatidagi harakatlaridan” hayratda ekanligini va uni hukumatni boshqarishga noloyiq, deb hisoblashini ma`lum qildi. Eslatib o`tamiz, mamlakatda parlament sayovlari 21 oktyabr kuni bo`lib o`tadi.

Комментарии