Му5
46

Yoshlarda vatanparvarlik va sadoqatlilik fazilatlarini mustahkamlash – davr talabi

Jamiyat 22.09.2019, 14:26
291
Yoshlarda vatanparvarlik va sadoqatlilik  fazilatlarini mustahkamlash – davr talabi

Bugungi kunda mamlakatimizda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”, “Jaholatga qarshi – ma`rifat” degan ustuvor g`oyalarni ijtimoiy hayotda qaror toptirishda yoshlarni vatanparvar, mard va jasur, sadoqatli va halol etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Darhaqiqat, farzand niholga o`xshaydi. Uni yoshligidan qanday tarbiyalasak, shunday voyaga eta­di. O`zi, oi­lasi, xalqi, tug`ilib voyaga etgan Vatanining ma`naviy il­dizlari haqida etarli tushunchaga ega bo`lgan bola esa jinoyat ko`chasiga qadam bosmaydi. Bunga erishish uchun jamiyatning har bir a`zosi­ zimmasidagi mas`uliyatni chu­qur his etishi, bur­chini sid­qidildan bajarishi lozim.

Ushbu ustuvor vazifaning muhimligidan kelib chiqib, IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari joylarda o`tkazilayotgan sayyor o`quv yig`inlari doirasida ta`lim muassasalarida ma`naviy-ma`rifiy uchrashuvlar va huquqiy targ`ibot tadbirlarini ham uyushtirishmoqda.

Xususan, Toshkent Tibbiyot akademiyasiga qarashli akademik lisey va Farg`ona viloyati Quva tumanidagi pedagogika kasb-hunar kolleji, Quvasoy shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi o`quvchilari ishtirokida o`tkazilgan uchrashuvlarda “Tinchlik va osoyishtalikni saqlashda yoshlar mas`uliyati” haqida so`z yuritildi.

– IIV Malaka oshirish institutining professor-o`qituvchilari tomonidan o`tkazilgan uchrashuv bizlar uchun katta saboq bo`ldi, – deydi Olmazor tumanida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasiga qarashli akademik lisey o`quvchisi Manzuraxon Muxamedjanova.
– Biz yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus hamda kitobga mehr qo`yishning ahamiyati haqida tushunchalar berilganligi biz uchun muhim yo`l-yo`riq bo`ldi. Mazkur tadbirda bildirilgan fikrlar, tavsiyalar biz yoshlarni o`z ustimizda muntazam ishlashga, intilishga va izlanishga chorlaydi. Ayniqsa, o`tkazilgan “Yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi” mavzusidagi viktorina esa huquqiy bilimlarimizni oshirishga xizmat qildi.

O`tkazilgan tadbirlarda vatanparvarlik tuyg`usi jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo`lishi haqida so`z yuritildi. Shuningdek, yoshlarda yuksak ma`naviyat va qonun ustuvorligi asosida yashash, el-yurtga sadoqat, adolat, halollik va jasorat kabi olijanob fazilatlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga alohida e`tibor qaratildi.

Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga etish, mahallalarda sog`lom muhitning barqarorligini ta`minlash hamda o`z Vatanining ravnaqi yo`lida yoshlar mas`uliyati amaliy misollar orqali tushuntirib berilmoqda.

– Poytaxtimizdan kelgan mutaxassislar tomonidan yoshlar va ularning kelajagi uchun muhim sanalgan insoniy fazilatlar, xususan vatanparvarlik, adaolatparvarlik, sodiqlik va odillik kabi tushunchalar bo`yicha bizga batafsil ma`lumotlar berildi, – deydi Quva tumanidagi pedagogika kasb-hunar kolleji o`quvchisi MuslimaMo`ydinova. – Tadbirda yurtimizda biz yoshlarga yaratilayotgan sharoitlardan samarali foydalanish, tinchlikni qadriga etishimiz, ushbu bebaho ne`matni saqlashda nima ishlar qilishimiz lozimligi to`g`risida aniq misollar bilan tushuntirildi. Shuningdek, “Yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi” mavzusida o`tkazilgan viktorina biz o`quvchilarda katta taassurot qoldirdi, unda berilgan savollar qiziqarli bo`ldi.

– Biz yoshlar uchun maktab, mahalla va oila tarbiya o`chog`idir, – deydi Quvasoy shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabining 10-sinf o`quvchisi Hilola Odiljonova. – Ulug` muttafakkir shoirimiz Abdulla Avloniy ham barkamollikning asosini tarbiyada deb bilib, “Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”, degan edi. Zero, biz yoshlarning ertangi kunimiz bugundan boshlanadi.

Davlatimiz tomonidan biz yoshlarga berilayotgan e`tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlardan manmunman. O`zim kitob o`qishga qiziqaman. Kitob inson do`sti. Kitob o`qigan insondan yomonlik chiqmaydi. Bugun Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda ham bunga yana bir bor amin bo`ldim. Ayniqsa, “Siz vatanparvarlik, adolatparvarlik, halollik, odillik, sadoqatni qanday tushunasiz?” degan savollarga o`quvchilarning turli yondashuvlari bilan bahs-muzokaraga aylanib ketdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tizimda amalga oshirilayotgan o`zgarishlar negizida avvalo inson manfati, yoshlar kelajagi yotganligini tushuntirib berishga qaratilgan bunday tadbirlar uchunIchki ishlar vazirligi va Malaka oshirish instituti rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.

Hay`at a`zolari o`quvchilarning faol ishtiroki hamda bilimlari yuzasidan ijobiy fikr bildirib, yuqori o`rinlarni egallagan jamoa a`zolariga esdalik sovg`alari topshirildi.

Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, seminar-treninglar, ta`lim muassasalarida targ`ibot tadbirlari hamda kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Шарҳлар