41

Ozodbek Nazarbekov partiya a`zosi bo`ldi

Jamiyat 22.09.2019, 14:56
997
Ozodbek Nazarbekov partiya a`zosi bo`ldi

Kecha, 21 sentyabr kuni O`zbekiston xalq artisti, Madaniyat vaziri o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov «Milliy tiklanish» partiyasi a`zosi bo`lgan.

«Ular milliy tiklanish g`oyasi tarafdori ekanliklarini bildirib, saylov kampaniyasida faol ishtirok etishlarini ta`kidladilar», deyiladi partiya xabarida.

Shuningdek, jurnalist-suxandon Arevat Grigoryan ham partiya a`zosiga aylangan.

Eslatib o`tish kerak, 20 sentyabrdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo`lib o`tadigan saylovlar uchun kampaniyalarga start berilgan edi.

Комментарии