41

Shoygu AQShning nechta harbiy bazasi borligini aytdi

Dunyo 22.09.2019, 14:59
966
Shoygu AQShning nechta harbiy bazasi borligini aytdi

AQSh dunyo bo`ylab 170 ta harbiy bazaga ega, shunga qaramay, Rossiya Amerikaga qarshi bemalol turib bera oladi, dedi RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.

«Rossiya buni nafaqat uddalay oladi, balki amalda ko`rsatyapti ham. Fan, sanoat, yangi ishlanmalarimiz sharofati bilan. Qolaversa, ular bilan hamma frontda ham raqobatlashmoqchi emasmiz. Agar AQSh harbiy byudjetini taqsimlab chiqsangiz, dunyoning turli nuqtalariga sochilib ketgan harbiy bazalariga juda ko`p xarajat qilayotganini ko`rsaiz. AQShning bunaqa harbiy bazalari 170 ta», — dedi Shoygu «Moskovskiy komsomoles» gazetasiga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, AQSh birgina Afg`onistonga Rossiyaning bir yillik mudofaa byudjetiga teng miqdorda xarajat qilmoqda.

Комментарии