41

Turkiya harbiy kuchlari Suriya shimolida harbiy operasiya boshlash arafasida turibdi (Video)

Dunyo 07.10.2019, 17:20
Теги: Video
315
Turkiya harbiy kuchlari Suriya shimolida harbiy operasiya boshlash arafasida turibdi (Video)

AQSh Suriya shimolidagi hududlardan o`z harbiylarini olib chiqishni boshladi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Yaqin vaqt orasida Turkiya ushbu hududda kurd qurolli koalisiyasiga  qarshi keng ko`lamli harbiy operasiya boshlamoqchi. Kurd qurolli koalisiyasi IShID terrorchilariga qarshi faol kurash olib borgan. Hatto AQSh kurdlarga qurol-yarog` etkazib turgan. Biroq rasmiy Anqara ayni damda ularni Turkiya milliy xavfsizligiga tahdid sifatida ko`rmoqda va chegara oldi hududlarini ushbu kuchlardan tozalash niyatida ekanligini ma`lum qildi. “Biz harbiy operasiyaga tayyorgarlik jarayonini yakunladik va barcha buyruqlar berildi. Hujumni bugun yoki ertaga boshlaymiz. Ushbu operasiyada armiyaning quruqlikdagi va harbiy-havo kuchlari ishtirok etadi”,-  deya ta`kidladi mamlakat prezidenti Rajeb Toyib Erdog`an. 

Ma`lumotlarga ko`ra, AQSh Suriya shimolidagi Tel-Ab`yad va Ras-el-Ayn aholi punktlaridagi kuzatuv postlarini to`ltq evakuasiya qilgan. Reyter ma`lumotlariga ko`ra, Pentagon kurd kuchlarini qo`llab-quvvatlamasligini ma`lum qilgan. Kurdlar esa AQShning ushbu harakatini avvalgi erishilgan kelishuvlarning qo`pol ravishda buzilishi sifatida baholagan. Ular shuningdek Turkiya hujum boshlagan taqdirda ommaviy urush harakatlarini olib borish bilan tahdid qildi. Ayrim kuzatuvchilar Turkiyaning Suriya shimoliga bostirib kirishi mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishi va hattoki IShIDning qayta tiklanishiga olib kelishi mumiknligidan xavfsirashmoqda. Sababi aynan kurdlar so`nggi yillarda terrorchilik guruhlarining hujumlariga qarshi muvaffaqiyatli ravishda kurash olib borgan.     

Комментарии

«Shuncha tashkilot turganda ayol nega o`z muammosi bilan o`zi qolib ketishi kerak?» – Elmira Bositxonovaning bir ish kuniga nazar (Video)

05.10.2019, 14:23

Kun.uz vakillari «Rahbar bilan bir kun» loyihasi doirasida O`zbekiston Bosh vaziri o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Elmira Bositxonovaning bir ish kuniga guvoh bo`ldi.Ma`lum bo`lishicha, qo`mita raisi...
Mudofaa vazirligi miqyosida ilk bor o`tkazilgan«Razvedka reydi» musobaqasi g`oliblari aniqlandi (Video)

05.10.2019, 11:43

Mudofaa vazirligi razvedkachilari o`rtasida ilk bor «Razvedka reydi» musobaqasi o`tkazildi. Jizzax viloyatida joylashgan «Forish» tog`-dala o`quv maydonida razvedka bo`linmalari o`rtasida o`tkazilgan mazkur musobaqada vazirlikning barcha...
“Boylarga emas, yaxshi farzandlar tarbiyalagan onalarga havasim keladi!”

04.10.2019, 21:04

O`zbek qadriyati jahon sivilizasiyasida alohida maktab va bu maktabni asrab qolish faqatgina o`zbek davlati va xalqining o`z qo`lida, deb bilaman.Shaxslarning qiyofasini ularning salohiyati, iste`dodi, qalbi,...
Kolumbiyalik harbiylar cho`kayotgan kontrabandachilarni qo`lga olishdi (Video)

04.10.2019, 13:32

Kolumbiyalik harbiylar Tinch okeanida muvafaqiyatsizlikka uchragan yirik miqdordagi giyohvandlik moddalari kontrabandasi bilan shug`ullangan guruhni qo`lga oldi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi. Ma`lumotlarga ko`ra, bir...