42

Andijonda 300 ming so`mga avtomashina “tonirovka”si uchun qalbaki ruxsatnoma tayyorlayotganlar ushlandi

Jinoyat 09.10.2019, 17:19
120
Andijonda 300 ming so`mga avtomashina “tonirovka”si uchun qalbaki ruxsatnoma tayyorlayotganlar ushlandi

Andijonda amaldagi qonun hujjatlarini qasddan mensimasdan, o`z shaxsiy manfaati yo`lida avtomashinalarni qoraytirish uchun beriladigan ruxsatnomalarni qalbakilashtirayotgan kimsalar ashyoviy dallar bilan ushlandi.

IIV O`z xavfsizligi boshqarmasi Andijon viloyati bo`yicha bo`limiga Sherzodbek va boshqa noma`lum shaxslar tomonidan 300-400 ming so`m evaziga fuqarolarga arzon narxda va tez fursat ichida transport vositalarining oynalarini qoraytirishga ruxsatnoma, haydovchilik guvohnomalari, ishonchnoma qog`ozlari kabi hujjatlarningqalbakilarini tayyorlab berayotganliklari haqida ma`lumot kelib tushgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida shu yilning 22 sentyabr kuni Andijon tumani “No`xatak” MFY da yashovchi Abdumutal Yuldashevga tegishli bo`lgan «Damas» rusumli avtomashina oynasining tusini o`zgartirishga berilgan ruxsatnomasi sohta ekanligi aniqlandi. Ushbu holat bo`yicha to`plangan hujjatlar huquqiy baho berishlik uchun Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuborildi vaO`zbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Surishtiruv davomida sohta hujjatlar Andijon shahrida yashovchiIlhomjon Yuldashev orqali tayyorlanyotgani ma`lum bo`ldi. Tergov harakatlari davomida, u ushbu qalbaki ruxsatnomalarni Xo`jaobod tumanida yashovchi tanishi Nodirbek Asqarovorqali tayyorlaganligini bildirdi. 

O`z xavfsizligi boshqarmasi Andijon viloyati bo`yicha bo`limi hamda Andijon shaharichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi xodimlari hamkorligida Andijon shahri, Paxtakor MFY, Chinobod ko`chasida joylashgan 10-uy 16-xonadon tintuv qilinganidahujjatlarni qalbakilashtirish uchun foydalanib kelinayotgan kompyuter jamlanmalari, qalbakilashtirilgan xaydovchilik guvohnomalari, ogohlantirish talonlari, avtomashinalar oynalarini tusini o`zgartirishga ruxsatnoma blankalari, o`ndan ortiq fuqarolarning biometrik pasportlari, yana o`ndan ortiq transport vositalarini qayd etish guvohnomalari hamda ishga aloqador boshqa ashyolar olindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar bo`yicha Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xuzuridagi Tergov bo`limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

Комментарии