41

Toshkent shahar IIBB VIII Butunjahon turistik tashkilotlar global sammitida ishtirok etmoqda

Jamiyat 10.10.2019, 14:10
40
Toshkent shahar IIBB VIII Butunjahon turistik tashkilotlar global sammitida ishtirok etmoqda

Toshent shahar IIBB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi vakillari poytaxt hokimi boshchiligida kecha, 9-oktyabr kuni Qozog`istonning poytaxti Nur-Sultonda boshlangan "Aqlli shaharlar, aqlli masofalar" shahar turizmi bo`yicha VIII Butunjahon turistik tashkilotlar global sammitida (YuNVTO) ishtirok etmoqda, deya xabar beradi IIBB matbuot xizmati.

Shahar turizmi masalalari bo`yicha YuNVTO VIII Global sammiti “aqlli shaharlar” rivojlanishi mavzusiga bag`ishlangan bo`lib, ularning konsepsiyasi bugungi kunda dunyo bo`ylab ko`plab manzillar to`qnash kelayotgan shaharlarning qiyin muammolarining echimini osonlashtiradi. 

700 nafar atrofida bo`lgan ishtirokchilar mustahkamlik, qulaylik, shahar boshqaruvi, innovasiya va texnologiyalar masalalarini muhokama qilishadi, shu bilan birga turizmning “aqqli shahar” kun tartibiga qo`shilishi, hamda inklyuziv va mustahkam shaharlar rivojlanishiga hissa qo`shishi muhimligi qayd etildi.

Bugun sammit doirasida “Aqlli shaharlar va turizm” mavzusida “davra suhbati” va boshqa tadbirlar bo`lib o`tadi. So`ng “Aqlli shaharlar – “aqlli” yo`nalishlar” deklarasiyasini qabul qilish ko`zda tutilmoqda. 

Erataga, 11-oktyabr kuni esa “Raqobatbardosh shahar yo`nalishlarini yaratishda ilg`or texnologiyalarni ishlatish”, “Shahar yo`nalishlari barcha uchun: ommaviy qulaylikka hissa qo`shish” mavzularida panel sessiyalari bo`lib o`tadi.

 

Комментарии