Му5
46

Uyquda so`lak oqishining sababi nima?

Salomatlik 11.10.2019, 17:23
661
Uyquda so`lak oqishining sababi nima?

Uyquda so`lak oqishining sababi nima?”

Olima, Amudaryo tumani

Yorqinoy Toshpo`latova, terapevt:

— Umuman olganda, og`izdan so`lak oqishi xavfli emas. So`lak og`iz bo`shlig`ini doimo namlantirib turuvchi oshqozon fermenti. Biz o`zimiz bilmagan holda doimiy ravishda ortiqcha so`lakni yutib turamiz. Bu jarayon uyqu vaqtida ham davom etadi. Agar so`lak me`yoridan ortiq ishlab chiqarilsa, organizm unga «javob qaytarishga» ulgurolmaydi.

Uyquda so`lak oqishi sabablari:

  • jag`ning o`zgacha tuzilishi;
  • og`iz bo`shlig`idagi begona jismlar (brekketlar, tish protezlari, oziq-ovqat qoldig`i);
  • burun to`sig`i qiyshiqligi;
  • uyqu dori iste`mol qilish.

Burun to`sig`i qiyshiq bo`lganda o`pkaga kislorod etib bormaydi. Shu sababli og`iz ixtiyorsiz ravishda ochilib, so`lak oqa boshlaydi. Bir yon bilan uxlashga odatlangan kishilarda ham shu holat kuzatiladi. 

Kasalliklardan allergiya, oshqozon yarasi, oshqozon shilliq qavati yallig`lanishi, miyada qon aylanishi buzilishi, og`iz bo`shlig`i infeksiyalari – karies, stomatit, stress va hokazolarda og`izdan suv oqishi kuzatiladi. Ba`zan bu kuchli stress va asabiylashishdan ham kelib chiqishi mumkin. Muammoni hal etish uchun qulay holatda yotish kerak. Uyqudan oldin xonani shamollating. Tish shifokori va nevropatolog ko`rigidan o`tish maqsadga muvofiq. 

Шарҳлар