Му5
46

Samarqandagi bog`chada ommaviy zaxarlanish sodir bo`ldi

Jamiyat 11.10.2019, 21:03
130
Samarqandagi bog`chada ommaviy zaxarlanish sodir bo`ldi

Samarqand shahar DSENMning 2019 yil 11 oktyabr kuni soat 14:00 dagi xabariga ko`ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2019 yil 11 oktyabr kuni soat 10:00da shahardagi 80, 98 hamda 106-sonli maktabgacha ta`lim muassasalarning 12 nafar tarbiyalanuvchilari “Ovqatdan zaxarlanish toksikoinfeksiyasi engil-o`rta darajasi” tashxisi bilan yotqizilgan.

Aniqlanishicha, tarbiyalanuvchilar qayd etilgan maktabgacha ta`lim muassasalarida osh, borsh, makaron, salat kabi aralash ovqatlarni iste`mol qilganliklari natijasida sog`liqlari yomonlashib shifoxonaga murojaat qilishgan.

Shahardagi 80, 98 va 106-maktabgacha ta`lim muassasalariga “E.M.” korxonasi tomonidan autsorsing xizmat ko`satilib kelingan.

Mazkur zaharlanish holati yuzasidan viloyat DSENM tomonidan 

80, 98 va 106-MTM faoliyatlari vaqtincha to`xtatilgan.

Hozirda bemorlar ahvoli qoniqarli bo`lib davolash muolajalari davom ettirilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan 11.10.2019 yil kuni JKning 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, jinoyat ishi shahar IIO FMB xuzuridagi Tergov bo`limiga yuborildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi.

Шарҳлар