Му5
46

Fermer ayol haqida hujjatli film suratga olinmoqda

Madaniyat 11.10.2019, 21:23
195
Fermer ayol haqida hujjatli film suratga olinmoqda

“O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan O`zbekiston Qahramonlari,  xizmat ko`rsatgan unvonlari bilan taqdirlanganlarning hayot yo`li va sermahsul faoliyati reja asosida hujjatli filmlarda aks ettiriladi. 

“Matonat saboqlari” nomli hujjatli filmda O`zbekiston Qahramoni, Farg`ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo`jaligi boshlig`i Lola Murodova haqida hikoya qilinadi. Uning ish faoliyati, ko`p yillik halol mehnati, mamlakatimizda fermer ho`jaligini tashkil etish, erdan yuqori hosil olish sirlari, oilasi, farzandlarining tarbiyasi va kelgusi rejalari, orzulariga bag`ishlangan hujjatli filmni tasvirga olish ishlari boshlandi. 

           Filmning ssenariy muallifi Zebo Qobilova, rejissyori Doniyor Shokirov, operator Said Dalilxon Said Turg`utxonov,  film direktori Gulnora Abdurahimova. 

Шарҳлар