Му5
46

Har qanday mavsumda ham shakar narxi bir me`yorida saqlab qolinadi

Jamiyat 11.10.2019, 21:57
289
Har qanday mavsumda ham shakar narxi bir me`yorida saqlab qolinadi

Joriy yil 10 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Shakar qimmatlasha boshladi”, “O`zbekistonda shakar 7 ming so`mgacha ko`tarildi” kabi mavzudagi maqolalar e`lon qilingan. Ushbu maqolalarda Davlat statistika qo`mitasining kiritgan ma`lumotiga ko`ra, shakar narxi 5000 dan 7000 so`mgacha qilib ko`rsatilgan.

Mazkur ma`lumotga ko`ra, maksimal narx Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da deya aytilmoqda. Haqiqatdan, yurtimizning olis nuqtasidagi bozorlarda shundaydir balkim. Shakar ishlab chiqaruvchi va etkazib beruvchi tashkilotlar bozorlardagi narxlarni nazorat qilish vakolatiga ega emas. Mavsum vaqtida bozor olg`irlari narxni sun`iy oshirishga urinishmoqda.

Aslida Davlat statistika qo`mitasining saytida bir necha doimiy iste`moldagi mahsulotlarning narxlari ko`rsatib o`tilgan bo`lishiga qaramay, ijtimoiy tarmoqlar “shakar” so`ziga alohida urg`u berishmoqda. Buni esa aholining orasida shakar vasvasanini qo`zg`ashga urinishdek tuyulmoqda.

Ayni damda yurtimizda mavjud ikkita shakar ishlab chiqaruvchi korxona yiliga 700 ming tonna shakar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu esa aholining shakarga bo`lgan talabini importsiz ham bemalol qondira olishini anglatadi.

“Angren-shakar” va “Xorazm-shakar” zavodida ishlab chiqilayotgan shakarning narxi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda 4950 so`m qilib belgilangan. Mavsum davomida ham ushbu ikki korxona shakar narxini o`zlaricha ko`tarishga haqqi yo`q. Vaholangki, bunga ehtiyoj ham yo`q.

Aholiga murojaat sifatida shuni aytish lozimki, har qanday mavsumda ham shakar narxi bir me`yorida saqlab qolinadi. Shakarga talab qanchalik ortmasin zarur mahsulotni “Angren-shakar” va “Xorazm-shakar” korxonalari etkazib berishga qodir, deb yozadi O`zA.

 

Шарҳлар