Му5
46

Mol-mulk va er solig`ini to`lashni unutmadingizmi?

Jamiyat 11.10.2019, 23:02
169
Mol-mulk va er solig`ini to`lashni unutmadingizmi?

Joriy yilda Toshkent shahrida mol-mulk va er solig`i to`lanishi lozim bo`lgan 653 mingdan ortiq ob`ekt mavjud, deya xabar bermoqda Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi.

Ularning egalariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning 20 mayiga qadar soliqlarni to`lash haqidagi ma`lumotnoma yuborilgan.

Bugungi kunga qadar yurtimiz kelajagi uchun daxldorlik hissi bilan yashayotgan fuqarolar tomonidan 523 mingdan ortiq ob`ekt uchun to`lovlar amalga oshirilgan. 

Tahlillarga ko`ra, poytaxtimizning Chilonzor (85 foiz), Bektemir (82,5 foiz) hamda Uchtepa tumanlari (82 foiz) fuqarolari mol-mulk va er soliqlarini to`lash bo`yicha peshqadamlik qilmoqda.

‼️Eslatib o`tamiz, soliq to`lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida barcha tuman davlat soliq inspeksiyalarida joriy yilning 15 oktyabriga qadar dam olish kunlarisiz har kuni soat 8.00 dan 20.00 ga qadar xizmat ko`rsatiladi. 

▶️Agarda Siz soliq organlari yoki banklarga borishga vaqt topa olmayotgan bo`lsangiz, ✳️«CLICK», ✳️«PayMe» va boshqa zamonaviy elektron to`lov vositalari yordamida mol-mulk va er soliqlari bo`yicha to`lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. 

✳️Unutmang! Siz to`lagan mol-mulk va er soliqlari mahalliy byudjet daromadlarini to`ldirib, aholining ijtimoiy ehtiyojlari uchun sarflanadi. 

✅Shunday ekan, mol-mulk va er soliqlarini bugun to`lab, o`z majburiyatlaringizni bajarish bilan birga shahrimiz obodligiga hissa qo`shing!.

Шарҳлар