Му5
46

Mudofaa vazirligida Davlat tiliga bag`ishlangan ma`naviy-ma`rifiy kecha o`tkazildi

Jamiyat 12.10.2019, 09:42
124
Mudofaa vazirligida Davlat tiliga  bag`ishlangan ma`naviy-ma`rifiy kecha o`tkazildi

Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida «Til bor ekan, millat barhayot» nomli ma`naviy-ma`rifiy kecha bo`lib o`tdi.

Tadbir davlatimiz madhiyasini jo`r bo`lib kuylash bilan boshlangani ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Unda vazirlik mas`ul ofiserlari, Qurolli Kuchlar xizmatchilari, faxriylar hamda elimiz ardog`idagi ziyolilar, shoir va yozuvchilar ishtirok etib, bayramona tadbir qatnashchilarini yaqinlashib kelayotgan millat bayrami bilan samimiy tabrikladi. 

Joriy yilning 4 oktyabr kuni Prezidentimiz tomonidan «O`zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni qabul qilinganining o`ttiz yilligini keng nishonlash to`g`risida»gi qarori qabul qilindi. Ona tilimizga bo`lgan bu qadar yuksak e`tirof va e`tibor har bir vatandoshimiz qalbiga cheksiz g`urur va iftixor baxsh etadi.

Qarorda qayd etilganidek, mazkur tarixiy hujjatga binoan o`tgan yillar davomida ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo`ldi. Hozirgi kunda o`zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida – davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta`lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san`at sohalarida faol qo`llanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.

         – Men harbiy xizmatchilarning haqiqiy vatanparvar shaxs ekanliklariga yana bir bor amin bo`lyapman, – deydi O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o`rinbosari, shoir Nodir Jonuzoq. – Boisi, kamdan-kam tadbirlar davlatimiz madhiyasini kuylash bilan boshlanadi. Avval ham kuzatgandim, tasdiq sifatida yonimda o`tirganlardan so`rab oldim. Mudofaa vazirligi tizimidagi har bir tantana, albatta, Vatan madhini kuylash bilan boshlanar ekan. Davlatimizning har bir fuqarosi uchun taalluqli bo`lgan ushbu bayram barchamiz uchun qadrlidir.

         Tadbirda shuningdek, O`zbekiston xalq artisti Erkin Komilov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist, «Guliston» jurnali bosh muharriri Mamatqul Hazratqulov ham so`zga chiqib, millat ko`zgusi bo`lmish ona tilimiz haqida o`z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

 

Шарҳлар