Му5
46

Ikki nafar gimnastikachimiz Tokio-2020 lisenziyalarini qo`lga kiritishdi

Sport 13.10.2019, 15:48
331
Ikki nafar gimnastikachimiz Tokio-2020 lisenziyalarini qo`lga kiritishdi


Germaniyaning Shtutgart shahrida sport gimnastikasi bo`yicha jahon chempionati o`z yakuniga etib bormoqda. Ushbu dunyo birinchiligi kelasi yil Tokio shahri mezbonlik qiladigan Olimpiya o`yinlariga to`g`ridan to`g`ri yo`llanma berishi bilan yanada ahamiyatli.
Xalqaro gimnastika federasiyasi ushbu musobaqa arafasida bir qator sportchilarga Tokio Olimpiadasida qatnashish imkoniyatini beruvchi yo`llanma taqdim etdi. Biz uchun ahamiyatlisi ushbu lisenziantlar qatorida ikki nafar vakilimiz Oksana Chusovitina hamda Rasuljon Abdurahimovning nomlarini ham ko`rishimiz mumkin.


Vakillarimiz dunyo birinchiligida sovrindorlar qatoridan joy ololmagan bo`lsalar ham, o`zlarining yuksak mahorati bilan xalqaro mutasaddilar e`tiborida bo`lishdi. Shu tariqa o`z nomini tarix zarvaraqlariga bitgan Oksana faoliyatida sakkizinchi bor Olimpiya o`yinlari yo`llanmasini qo`lga kiritmoqda.


Bu esa o`zbek va jahon sporti tarixi uchun ulkan muvaffaqiyat demakdir. Reglamentga ko`ra, hamyurtlarimiz kelasi yil Tokio-2020 Olimpiadasida o`zlari istagan yo`nalishda ishtirok etishlari mumkin.
Shu tariqa Tokio Olimpiadasiga lisenziya olgan sportchilarimiz soni hozircha 10 nafarga etdi.

Шарҳлар