Му5
46

Inxa universitetida dasturchilar uchun yirik konferensiya bo`lib o`tadi

Jamiyat 13.10.2019, 18:33
Теглар: Inxa, konferensiya, dasturchi
217
Inxa universitetida dasturchilar uchun yirik konferensiya bo`lib o`tadi

DevFest — bu Google kompaniyasi ko`magi ostida tashkil etiladigan tadbirning asosiy maqsadi etakchi dasturchilar o`rtasida tajriba almashish hamda Google tomonidan ishlab chiqarilgan ilg`or texnologiyalar bilan tanishishdir.

Bu yilgi DevFest konferensiyalari dunyoning 143 ta shahrida o`tkazilishi hamda unda 125 000 dan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Shu jumladan, O`zbekiston poytaxtida ham ushbu ulkan tadbir ikkinchi marta Toshkent shahridagi Inha universitetida bo`lib o`tadi.

Tadbir tashkilotchilarining Kun.uz`ga ma`lum qilishlaricha, konferensiya ko`plab dasturchilar, loyiha menejerlari, tahlilchilari va boshqa IT mutaxassislarini birlashtiradi.

GDG Tashkent tomonidan tashkil etilayotgan tadbirda Web, Mobile va Cloud sohasi bo`yicha ko`plab xalqaro va mahalliy ma`ruzachilar taqdimotlari bo`lib o`tadi.

Qayd etilishicha, bu yilgi konferensiyada Google texnologiyalari ishtirokidagi ishlanmalar bo`yicha texnik ekspertlardan tashqari, loyihalarni rivojlantirish va ishlab chiqish sohasidagi mutaxassislar ham so`zga chiqadilar – ularning barchasi o`z tajribalari va innovasiyalari bilan bo`lishishadi.

«GDG DevFest Tashkent 2019ga tashrif – bu bebaho tajriba orttirish, yangi texnologiyalar haqida yanada chuqurroq o`rganish, trenddagi texnologiyalar bo`yicha o`z mahoratingizni oshirish, hamkasblar bilan yangi mahsulotlarni muhokama qilish va yirik IT-hamjamiyati a`zosi bo`lish imkoniyatidir», – deya qayd etdi Inha universiteti vakili.

Qatnashchilar norasmiy muhitda turli sohalardagi so`nggi texnologik tendensiyalar haqida o`z sohasi mutaxassislari bilan suhbatlashishi va qiziqtirgan savollariga javob olishi mumkin.

Konferensiyada qatnashish bepul. Konferensiya uchun ro`yxatdan o`tish tez orada boshlanadi.

Шарҳлар