Му5
46

Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi

Iqtisodiyot 14.10.2019, 09:36
Теглар: dollar, Rossiya, Turkiya
615
Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi

Rossiyaning dollardan voz kechishiga Qo`shma shtatlar bosimi ostida bo`lgan savdo hamkorlari yordam bermoqda. Shu bilan bir vaqtda turk banklari endi SWIFTning ruscha tizimiga ulanishni boshlaydi. Rossiya Xitoy bilan ham oldi-sotdi ishlarini rubl va yuanda amalga oshirishni boshlagan.

Dollar o`z qadrini kundan kunga yo`qotmoqda. Rossiya va Turkiya milliy valyutada pul o`tkazmalarini o`tkazishni boshladi. Bu haqda RIA Novosti xabariga tayanib togri.uz ma`lum qildi. 

Moskva va Anqara milliy valyutada savdo qilishni boshladi

Dunyo savdosida bitimlarning 70 foizi hozirda dollarda amalga oshiriladi. Ammo hozirgi paytda Amerika valyutasining mavqei kundan-kunga pasaymoqda. Vashingtonga nisbatan sanksiyalar joriy qilinmoqda. AQSh tashqi siyosatidan charchagan ittifoqchi davlatlar uni tark etmoqda.

Xususan 2017 yilda Rossiya, Eron va Turkiya neft, gaz va boshqa bir qator tovarlar oldi-sotdisini milliy valyutalarda amalga oshirdi.

Dollar rubl va liraga qarshilik ko`rsatishga harakat qilmoqda

2018 yil avgustida Donald Tramp turk po`lati importi tarifini ikki baravarga oshirdi. Shundan so`ng lira dollarga nisbatan 20 foizdan ortiq qadrsizlandi. Anqara eksportyor oldiga milliy valyutada xalqaro hisob-kitoblarning ulushini oshirish uchun har qanday vosita va mexanizmni ishga solish vazifasini qo`ydi.

O`tgan yili Turkiya bilan savdoning 22 foizi rubl va liraga to`g`ri keldi. Shundan 21,1 foizi rus valyutasi rublga. Bundan tashqari, Rossiya va Turkiya 12,9 foiz hisob-kitobni evroda amalga oshirdi. Shunday bo`lsa ham qolgan 65 foizini dollar egalladi. Endilikda ikki davlat amerika valyutasidan voz kechishdagi navbatdagi qadamni tashlashdi.

Turkiya SWIFT'ning ruscha tizimiga ulanmoqda

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov va Turkiya g`aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak imzolagan hukumatlararo bitim turk banklari va kompaniyalari rus to`lov tizimiga ulanishini nazarda tutadi. Turkiyada rus kartalari “Mir” ni qabul qilishga imkon beruvchi infratuzilma yaratiladi. Amalda bu ikki mamlakatning tijorat banklari transchegaraviy o`tkazmalar uchun to`g`ridan-to`g`ri korrespondentlik hisoblaridan yanada faol foydalanishi mumkinligini anglatadi.

Rossiya AQSh tahdidiga javob berdi

SWIFT xalqaro banklararo axborot uzatish va to`lovlarni amalga oshirish tizimidan 200 dan ortiq mamlakatlardagi 10,8 mingga yaqin yirik tashkilotlar foydalanadi. Vashington Moskvaga bir necha marta ushbu tizimdan uzib qo`yib bilan tahdid qilgandi.

Bu barcha tahdidlarga javoban Rossiya banki Moliyaviy xabarlarni uzatish tizimini yaratdi va hozirda xitoylik, turkiyalik va eronlik tartibga soluvchilar bilan uning ishini muvofiqlashtirmoqda. SWIFT᾽ning rus muqobiliga sakkizta xorijiy banklar ulandi, uchtasi to`liq ravishda to`lovlarni o`tkazmoqda, beshtasi hozircha tizimni sinovdan o`tkazmoqda.

Rossiyaga dollar tobeligini zaiflashtirishda Xitoy yordam bermoqda. Mamlakatlar o`rtasidagi hisob-kitobning milliy valyutadagi ulushi 17 foizga etdi va bu o`sishda davom etmoqda.

Dollardan voz kechish ancha oldin boshlangan

2015 yilda “Gazpromneft” o`zining butun neft eksportini Xitoyga yuanda amalga oshirdi. Joriy yilning avgust oyida esa “Rosneft” eksport shartnomalari uchun dollardan foydalanishni to`xtatishini ma`lum qildi.

Xitoy ham o`zining moliyaviy tizimini rivojlantirmoqda. Unga bir necha Rossiya banklari allaqachon ulangan. Sentyabr oyida Eron bilan ham hisob-kitobni milliy valyutada faollashtirishga kelishib olindi. Iyul oyida esa Rossiya va Hindiston Markaziy banklari qurol-yaroq bo`yicha tegishli bitim tuzishdi. Qurol-aslaha – o`nlab milliard dollar keltiruvchi Rossiyaning Hindistonga asosiy eksporti hisoblanadi. Bu boradagi eng yirik shartnoma 325 milliard rublga 5 dona “S-400” zenit-raketa tizimlarini etkazib berish.

Шарҳлар