Му5
46

O`zbekistondagi taniqli boshlovchilardan biri turmushga chiqdi (Foto)

Jamiyat 14.10.2019, 10:18
3997
O`zbekistondagi taniqli boshlovchilardan biri turmushga chiqdi (Foto)

“Sevimli” telekanalining “Zamon” informasion dasturi boshlovchilaridan biri Dilnoza Saidovaning nikoh marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Dilnoza o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ma`lum qilgan.

Boshlovchi tomonidan joylangan videoda Dilnoza Turkiya fuqarosiga turmushga chiqayotgani aks etgan. Dilnozaning hamkasblaridan biri Zamira Ortiqovaning ma`lum qilishicha to`y marosimi Turkiyada bo`lib o`tadi.

Fursatdan foydalanib, “Darakchi” ijodkorlari ikki yoshga baxt tilab qoladi.

Шарҳлар