Му5
46

Svetlana Radzivil to`rtinchi bor Olimpiada yo`llanmasini qo`lga kiritdi

Sport 14.10.2019, 20:18
289
Svetlana Radzivil to`rtinchi bor Olimpiada yo`llanmasini qo`lga kiritdi


Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan atletlar ham bahs olib borgan turnirning kecha o`tkazilgan bir qator bahslari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi, deya xabar berilmoqda. 


Ayollar o`rtasida balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan hamyurtimiz Svetlana Radzivil 1.96 metr balandlikni zabt etib, oltin medal qo`lga kiritib, Tokio Olimpiadasi yo`llanmasini ham qo`lga kiritdi. 

Ushbu yo`nalishda Tokio Olimpiadasining normasi ham aynan 1.96 metrni tashkil etardi. Ushbu yo`nalishda vakillarimizdan yana biri Nadiya Dusanova 1.85 metr bilan shohsupaning ikkinchi pog`onasiga ko`tarildi.
Musobaqaning e`tiborli natijalaridan birini Ekaterina Voronina etti kurash bahslarida qayd etdi. 10 kun muqaddam Qatardagi jahon chempionatida 6099 ochko to`plagan Voronina bu gal 6238 ochko jamg`arib, musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi.


Shu tariqa Svetlana Radzivil faoliyatida to`rtinchi bor Olimpiada yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Radzivil bungacha Pekin (2008), London (2012) va Rio (2016) Olimpiadalarida ham ishtirok etgan edi. Eslatib o`tamiz, bu terma jamoamizning Tokio Olimpiadasiga qo`lga kiritgan o`n birinchi yo`llanmasidir.

Шарҳлар