Му5
46

Sambo: JChda 27 ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-o`rinni qo`lga kiritdik

Sport 14.10.2019, 20:28
706
Sambo: JChda 27 ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-o`rinni qo`lga kiritdik

Poytaxtimiz mezbonligida o`tgan sambo bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasidagi jahon chempionati o`z yakuniga etgani e`lon qilindi. Kecha o`smirlar va yoshlar o`rtasida uchinchi kungi bellashuvlar doirasida 12 ta vazn toifasida g`olib va sovrindorlar nomi ma`lum bo`ldi.


Kechagi baxslarda -48 kg vazn toifasida Umida Jumaniyozova hamda o`smirlardan -87 kg vaznda Suhrob Rajabov jamoamizga oltin medalni taqdim etdi. Shuningdek, vakillarimiz yana 4ta kumush medalga ham sazovor bo`lishdi.
Musobaqa yakuniga ko`ra, o`zbekistonlik sambochilar umumiy hisobda 4ta oltin, 8ta kumush va 15ta bronza medalini qo`lga kiritdi. Umumjamoa hisobida esa O`zbekiston o`smirlar va qizlar terma jamoasi rossiyalik sambochilardan so`ng ikkinchi yaxshi natijani qayd etgan bo`lishsa, 20 yoshgacha bo`lgan qizlar terma jamoasi bu borada kuchli uchlikdan joy oldi.


Umumjamoa hisobida sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritgan jamoalar:
O`smirlar (o`g`il bolalar)
1. Rossiya
2. O`zbekiston
3. Qozog`iston
Qizlar
1. Rossiya
2. O`zbekiston
3. Ukraina
Yoshlar (yigitlar)
1. Rossiya
2. Gruziya
3. Qozog`iston
Qizlar
1. Rossiya
2. Mo`g`uliston
3. O`zbekiston

 

Шарҳлар