Му5
46

Otabek Umarov O`zbekistonda ilk bor MMA bo`yicha turnir tashkil qiladi

Sport 14.10.2019, 21:09
869
Otabek Umarov O`zbekistonda ilk bor MMA bo`yicha turnir tashkil qiladi

Triatlon federasiyasi raisi, Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning kuyovi Otabek Umarov O`zbekistonda ilk bor MMA bo`yicha turnir tashkil qilinishini ma`lum qildi.

Bu haqda u o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma`lum qilgan. 

“Menga MMA sport turi haqida juda ko`p yozishadi. Insonda g`alabaga bo`lgan ishtiyoq va ishonchni oshiradigan hamda turli yo`nalishlardagi sportchilarni birlashtiruvchi ushbu sport turini rivojlantirish haqida takliflar berishadi.⠀

Bu yo`nalishda ancha ishlarni amalga oshirdik. Buning samaralaridan biri sifatida tez kunlarda o`tkazilishi kutilayotgan GFC turnirini misol qilishimiz mumkin. Bu O`zbekistonda MMA bo`yicha birinchi turnirdir. ⠀

Shou doirasida O`zbekistondan etti nafar, Nurmagomedov zalidan esa olti nafar sportchilar chiqish qiladi.

Hamda ushbu turnir doirasida 23 noyabr kuni taniqli sportchi Habib bilan uchrashuv tashkil etayotganimizni ma`lum qilamiz. Uni yuqori darajada tashkil etish uchun imkon qadar harakat qilamiz.⠀

Siz ham ushbu uchrashuvni tashkil etishda ishtirok etishingiz mumkin”.

Otabek Umarov xabari ostida Habib bilan uchrashish istagida bo`lgan, professional sportda yutuqlarga ega bo`lganlaringiz haqida yozib qoldirishni so`ragan.⠀

“Bu kun kimningdir hayotida yorqin iz qoldirib katta g`alabaga yo`l ochishi mumkin”, — deydi u.⠀

Шарҳлар