Му5
46

Ona tilim

Mutolaa 15.10.2019, 11:14
758
Ona tilim

O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi hamda O`zbekistonning Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik Kengashiga qo`shilishi to`g`risidagi tarixiy qarorga bag`ishlanadi.

Senla faxr etarman ey ona tilim,

Sababin so`rsalar javobim aniq.

Sen onam allasi, otam duosi,

Senla istiqbolim porloq va tiniq.

                        ***

Mustaqil diyorim o`g`il-qizlari,

So`zlagay mardona ona tilida.

Nurli kelajakka qalblarda ishonch,

Bugun quvonch-shodlik o`zbek elida.

                      ***

Azmu shijoatning tantanasidan,

Turkiy tilli ellar bo`ldi yakqalam.

Navoiy bobomning ruhi ham shoddir,

Ko`ngillar oboddir, chekindi alam.

                      ***

Ming shukur yurtimda bayramlar bisyor,

Muborak to`ying ham azizdir bizga.

Yangragin doimo ey ona tilim, 

Jahonning eng yuksak minbarlarida.

 

Nurbek SALOM

Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati rahbari

Шарҳлар