Му5
46

Oktyabrdan avtomobil sotishda Trade-in amaliyoti ishga tushadi

Iqtisodiyot 15.10.2019, 17:21
Теглар: Trade-in, abtomobil
759
Oktyabrdan avtomobil sotishda Trade-in amaliyoti ishga tushadi

 O`zbekistonda oktyabrdan minilgan avtomobilni yangisiga qo`shimcha to`lov bilan almashtirishning jahon amaliyoti – Trade-in ishga tushishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu yangilik afzalliklari haqida UzAuto quyidagilarni ma`lum qildi. 

Unga ko`ra, endi minilgan avtomobil sohibi uni avtosalonda mutlaqo yangi avtoga qo`shimcha pul to`lab almashtirishi, minilgan avtomobil olishni istaganlar esa, uni avtosalonda xarid qilishlari, bunda avtoning yuridik “toza”ligi va “kasalliklar tarixi” haqiqiyligiga ishonch hosil qilishlari mumkin bo`ladi.

Trade in xizmatining afzalliklari nimada?

- Avtomobilni dilerlik markaziga sotish taomili shaffof, notariusga borish va qo`shimcha bojlar to`lash talab qilinmaydi.

- Avtomobilni sotishda vositachilar mavjud emas.

- Mijoz avtomobilni sotish haqida e`lon berishga, xaridorlar bilan muzokaralar o`tkazish va uchrashishga, avtomobilini sotuvoldi tayyorlashga vaqt va pul sarflamaydi.

- Dilerdan i/b avtomobilni sotib olishdagi xatarlar minimallashtirilishi (sotilayotgan avtomobil uchun kafolat muddati mavjudligi, sertifikatga ega asl ehtiyot qismlar ishlatilishi va sh.k.).

- Mijoz uchinchi shaxslarning qalloblik harakatlari va aldovlaridan himoyalangan.

- Barcha bitimlar bir joyda, zamonaviy usulda, qulay sharoitlarda va, muhimi, xavfsiz o`tkaziladi.

- Ikkita bitim bittada: eski avtomobil sotiladi va shu zahoti yangisida ketasiz.

- Rasmiy diler minilgan avtomobil sotilishini kutib o`tirmay, uning qiymatini darhol yangi mashina narxidan chiqarib tashlaydi.

- Minilgan avtomobilni sotishda vositachilar va ba`zida “shubhali” xaridorlar bilan uchrashish, ko`p marotaba avtomobilni ko`rsatish hamda chalg`ituvchi qo`ng`iroqlarga hojat qolmaydi.

Almashuv jarayoni qanday kechadi?

Diler mijozdan sotib olayotgan minilgan avtotransport qiymati kelishuv asosida belgilanadi va narx kelishuvi dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Minilgan transport vositasi narxi kelishib olingandan keyin, mijoz, shartnoma tuzish uchun, Dilerga kerakli hujjatlar paketini taqdim etadi. Bundan keyin minilgan avtotransport vositasining oldi-sotdisi shartnomasi va yangi avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Bunda minilgan avtotransport vositasi qiymati yangi avtotransport vositasi uchun to`lovdan ayrib tashlanadi.

“Treyd-in” dasturi doirasida Diler sotib olgan minilgan avtotransport vositasini sotishda Diler xaridor bilan oddiy yozma shaklda mazkur avtotransport vositasining oldi-sotdi shartnomasini tuzadi, sotilayotgan avtotransport vositasini DYHXX organlarida davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun “Treyd-in” muhri tushirilgan hisob-ma`lumotnoma taqdim etadi. Shuningdek, kafolat taloni va/yoki almashtirilgan detallar talonini beradi. Diler kafolat muddatini mustaqil belgilaydi. Hozirda “Trade-In” dasturi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi bo`ylab “Uzauto Motors” AJning mavjud 81 ta dilerlik markazlaridan 61 tasi qatnashmoqda.

Mijozlar uchun qo`shimcha qulayliklar yaratish uchun, yaqin fursatda Toshkentda UzAuto Motors Service & Trade-In Center yangi servis va savdo markazi ochilishi bo`lib o`tadi. U, bir savdo maydonchasida bir necha dilerlik markazlari joylashuvi sababli, xaridorlarga minilgan avtomobillarni sotish va sotib olish bo`yicha keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari, UzAuto Motors Service & Trade-In Center eng past narxlarda zavod sifatidagi asl ehtiyot qismlarni sotish nuqtasiga ham aylanadi.

Zamonaviy jihozlangan servis hududi avtomobillar uchun barcha turdagi kafolatli va kafolatdan keyingi ishlarni taklif qiladi. Markazda, shuningdek, zamonaviy kutish hududi, bolalar maydonchasi, restoran va avtotyuning xizmati faoliyat yuritadi, u avtomobilingizni boshqalardan ajralib turishini ta`minlab, unga o`ziga xoslik baxsh etadi. Markaz xaridorlar uchun har kuni, dam olishsiz ochiq bo`ladi.

Bundan tashqari, xaridorlarga qulay bo`lishi uchun https://trade-in.uz sayti ishga tushirildi, u erda Mijoz dilerlarda sotuvga qo`yilgan minilgan avtomobillarning shu kungi narxlarini bilishi, barcha kerakli axborotni hamda ushbu xizmat bo`yicha o`zini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin bo`ladi.

Saytning asosiy xususiyatlaridan biri avtomobil narxi kalkulyatori sanaladi, u onlayn rejimda mijozga minilgan avtomobilning taxminiy narxini aniqlash imkonini berdi. Kalkulyasiya minilgan avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi o`sha kungi narxlarni hisoblash uslubiyatiga asoslangan.

UzAuto Motorsning yangi servis va savdo markazlari ochilishi haqida kompaniya saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ma`lum qilinadi.

Шарҳлар