Му5
46

Navoiy viloyatida "Mehribon yurak" xayriya aksiyasiga start berildi

Salomatlik 15.10.2019, 17:52
Теглар: yurak nuqsoni, aksiya, xayriya
413
Navoiy viloyatida "Mehribon yurak" xayriya aksiyasiga start berildi

Navoiy viloyatida tug`ma yurak xastaligi bilan tug`ilgan bolalarni davolashga qaratilgan “Mehribon yurak” xayriya aksiyasiga start berildi.
Viloyatdagi yurak xastaligiga chalingan bolalarni jarrohliq usulida davolashga bag`ishlangan aksiyaning birinchi qadamlari allaqachon boshlangan. Navoiy viloyati hokimligi, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi, viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi hamkorligida ilk bor o`tkazilayotgan tadbirning maqsadi yurak xastaligiga chalingan, bugungi kunda jarrohlik amaliyotiga zarurati bo`lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti og`ir bo`lgan bemor bolalarni davolatishga va ularni sog`lom hayotga qaytarishga qaratilgan. Shuningdek, yoshlar qalbida mehr-muruvvat, saxovat, insoniylik fazilatlarini yanada kuchaytirishdan iboratdir.

“Mehribon yurak” xayriya aksiyasi joriy yilning 23 oktyabrida bo`lib o`tadi. Ya`ni bugungi kunda xastalik aniqlanib, tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan bolalarda ilk jarrohlik amaliyoti boshlanadi. Va bosqichma-bosqich davom etadi.
– Bu aksiya aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga katta madad bo`ladi, – deydi viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori, tajribali kardioxirurg, tibbiyot fanlari nomzodi Murodjon Ahmedov. – Avvallari chet ellarga borib katta mablag` evaziga amalga oshirilayotgan bu jarrohlik amaliyoti endi Navoiyning o`zida bepul o`tkazilishi o`tkazilyapti. Bu ota-onalar va bemor bolalar uchun qulaylik yaratadi.
Xayriya aksiyasini qo`llab-quvvatlovchilar kundan-kunga ortib bormoqda. Maxsus hisob raqamlari ochilib, xayr-saxovatli insonlar mehru muruvvatini bolajonlardan ayamayotganligi odamiylikning oliy namunasidir. 

Шарҳлар