Му5
46

Singapur - O`zbekiston: hisob 1:3

Sport 15.10.2019, 18:39
386
Singapur - O`zbekiston: hisob 1:3

Bugun JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichi 4-turidan o`rin olgan Singapur - O`zbekiston uchrashuvi nihoyasiga etdi. Uchrashuvning birinchi taymi 1:1 hisobida yakunlandi. Ikkinchi taymda 1:3 hisobida jamoamiz g`alaba qozonishdi.

Eldor Suyunov - Faruh Sayfiev, Rustam Ashurmatov, Islom To`xtaxo`jaev, Hojiakbar Alijonov - Jaloliddin Masharipov, Otabek Shukurov, Sanjar Qodirqulov, Odil Ahmedov - Doston Hamdamov, Eldor Shomurodov.

O`yinning 15-daqiqasida jamoa sardori Odil Ahmedov standart jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, terma jamoani oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo`limning so`nggi daqiqasida Singapur hujumchisi Fandi boshi bilan darvozamizni aniq nishonga oldi: 1:1.

51-daqiqada Farrux Sayfievning chap qanotdan oshirgan to`pini Eldor Shomurodov boshi bilan darvozaga joyladi: 1:2.

O`yinning 91-dqaqiqasida Eldor Shomurodov raqiblarning ochiq qolgan darvozasini yana bir bor nishonga oldi.

 

 

Шарҳлар