Му5
46

Qirqdan oshganda suyak mo`rtlashishining sababi nima?

Salomatlik 15.10.2019, 18:43
Теглар: osteoporoz, suyak
500
Qirqdan oshganda suyak mo`rtlashishining sababi nima?

“Yoshim 46 da. Sirpanib ketib oyog`imni qayirib oldim. Shifokorlar menda suyak mo`rtlashishi borligini aytishdi. Bu qanday kasallik? Uni davolash mumkinmi?”

Muruvvat, Toshkent viloyati

Savolga travmatolog Saidazizxon Sidahmabxonov javob beradi:

–Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotiga ko`ra, ayni paytda dunyoda har uch ayoldan biri suyak mo`rtligidan aziyat chekadi. Va ularda yosh ulg`ayib borishi bilan mo`rtlashish xavfi ortib boradi. Suyak mo`rtlashishi, suyak to`qimasining siyraklashishi, bu – osteoporoz kasalligidir.

Agar o`z vaqtida muammo aniqlansa, undan qutulish yoki avj olishini joyida to`xtatish mumkin.

Klimaks va osteoporoz

Ayollarda suyak to`qimasi zichligi erkaklardagidan past bo`ladi va ularning organizmi kalsiyni kuchli jins vakillariga qaraganda sust o`zlashtiradi. Kalsiy esa suyak va bo`g`imlarning asosiy qurilish xomashyosidir.

40 yoshdan keyin ayollar yana bir muammmo – menopauza va klimaksga ro`baro` kelishadi. Bu davrda organizmda gormonal fonda o`zgarishlar ro`y beradi va suyak mo`rtlashuvi ehtimoli yanada ortadi. 

Bu muhim!

Osteopeniya – suyaklar mineral zichligining pasayishi. Bunda suyak mo`rtlashuvi osteoporozdagi kabi yaqqol namoyon bo`lmaydi. bu o`z vaqtida aniqlansa, keksalikdagi suyak sinuvchanligining oldini olish mumkin.

Osteoporoz – suyak zaiflashuvining kuchayish bosqichi. O`z mohiyatiga ko`ra inson skeletining surunkali xastaligi. Bu kasallikda arzimagan urilishda ham suyak sinishi kuzatiladi.

Alomatlari

  • Aksariyat ayollarda kasallik asosan bilak, elka, tos va son sohalaridagi noxushliklar bilan o`zidan darak beradi.
  • Yana bir belgisi – hayz sikli muntazamligi buzilishi. Agar bu holat 1 yil davomida saqlanib tursa, bu osteoporoz rivojlanayotgani haqida ogohlantirishdir.
  • Umuman ayollar 40 yoshdan oshsa, shifokorga uchrashib suyaklarni tekshirtirib turish maqsadga muvofiq. 
  • Yana bir sabab – “tekis joyda qoqilib” (masalan, mashinadan tushayotib, oyoq qayrilib ketishi natijasida to`piqni yoki sumkani qaltis ko`tarishda bilakni sindirib olish nihoyat sizni shifokor qabuliga borishga majbur qiladi.

Suyaklarning zaiflashishi aynan qachondan boshlanishini belgilab beradigan ma`lum yosh chegarasi yo`q. Bu har kimda har xil bo`lishi mumkin. Agar inson yoshligidan suyaklari baquvvat, chidamli bo`lsa, muntazam sport bilan shug`ullansa, sog`lom turmush tarziga amal qilsa, osteoporoz yoki osteopeniya degan muammoga umuman to`qnashmasligi ham mumkin. 

Шарҳлар